Xasanov Jamshidbek Nasirdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalarni olishda suyuq qotishmaning oquvchanligini va tayyor mahsulotning  qattiqligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3296.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djahongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Isaev Doniyor Toshbotirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalarni olishda suyuq qotishmaning oquvchanligini va tayyor mahsulotning  qattiqligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yupqa devorli detallar olishda kulrang cho‘yan oquvchanligini oshirish texnologiyasi qotishma tarkibiga kiritiladigan mis fosfidning temir bilan reaksiyasining issiqlikka bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
yupqa devorli detallar olishda kulrang cho‘yanni qolipga quyish texnologiyasi suyuq qotishmanining oquvchanligi va qolip materiali bilan issiqlik almashinuvi koeffisientining haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
kulrang cho‘yandan olingan yupqa devorli quyma mahsulotining qattiqligini oshirish texnologiyasi qotishma tarkibiga kiritilgan modifikatorning miqdori va qotishma haroratining bog‘liqlik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
kulrang cho‘yandan olinayotgan murakkab shaklli detallarning qattiqligini oshirish suyuq qotishmaga kiritilayotgan molibden miqdorining suyuq qotishmada hosil qiladigan kimyoviy birikmaning mexanik xossasi asosida ishlab chiqilgan;
kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalar olishda zamonaviy innovatsion usulida model tayyorlash natijasida resurs tejamkor texnologiya ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalarni olishda suyuq qotishmaning oquvchanligini va tayyor mahsulotning  qattiqligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish:
kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalar olishda suyuq qotishmaga pechdan tashqari ishlov berish texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 01/02 –02/02/100 sonli 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyani joriy qilish natijasida suyuq qotishmaning oquvchanligi 9 – 11 % ga oshgan;
kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalar olishda suyuq qotishmaga pech ichida ishlov berish texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 01/02 –02/02/100 sonli 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyani joriy qilish natijasida quyma mahsulotning qattiqligi 10 – 12 % ga oshgan;
Kulrang cho‘yandan yupqa devorli quymalar olishda 3D texnologiya asosida model tayyorlash texnologiyasi “O‘zmetkombinat” AJning Quyuv – mexanika sexiga joriy qilingan (“O‘zmetkombinat” AJ ning 01/02 –02/02/100 sonli 01.06.2023 dagi ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyani joriy qilish natijasida resurs tejamkorlik  13 – 15% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish