Xoldorov Shavkatjon Sadridinovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tola tozalagich mashinasining ishchi organlari konstruksiyalarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash”  05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”  (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T 3469
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: To‘g‘ri oqimli bir pog‘onali resurstejamkor tola tozalagich konstruksiyasini takomillashtirish va kompleks nazariy-tajribaviy tadqiqotlar natijasida parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola tozalagichda arrali silindr tebranishlarini so‘ndiruvchi, egilishini kamaytiruvchi amortizatorli tayanchlari bo‘lgan tozalash samarasi yuqoriligini ta’minlovchi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qayishqoq elementli tayanchlarga o‘rnatilgan arrali silindr vertikal tebranishlari siljish tezligini hamda egilishlarini ifodalovchi matematik modellarni aniqlangan;
arrali silindr tishlari tolalar tutamini ilib olib tozalash zonasiga olib o‘tish shartini inobatga olib, silindr radiusini hisoblash formulasi olingan;
arrali silindrni vertikal siljish tezlik va tezlanishlarini tebranish qamrovlari o‘zgarishini tayanch amortizatori chiziqli bikrlik koeffisientiga bog‘liqligi oshadi, arrali silindrlar vertikal tebranish amplitudasini (0,08÷0,12)·10-3m dan oshmasligini ta’minlash uchun amortizator chiziqli bikrligi qiymatlari aniqlangan;
tavsiya etilgan konstruksiyada tarkibli kolosnik ishchi qismi kichik amplituda va yuqori chastotada tebranishi paxta tolalaridan mayda iflosliklarni intensiv ajralishiga olib kelishini ta’minlash uchun  bikrlik qiymatlari aniqlangan;
takomillashtirilgan organlarini konstruktiv parametrlarini aniqlashda olingan tajribaviy natijalarini matematik tahlil qilish orqali optimal qiymatlar, ya’ni arrali silindrni aylanish tezligi, kolosniklar amortizatori bikrligi, arrali silindr podshipniklari tayanch amortizatori bikrligi, kolosniklar orasidagi masofaning optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiyada tavsiya etilgan parametrlar asosida tola tozalagichning tajriba nusxasi tayyorlandi. Mos ravishda “REAL AGRO COTTON” UKga qarashli Qorasuv paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish sharoitida mavjud tola tozalagichga nisbatan qiyosiy sinov tajribalari o‘tkazildi. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 06.02.2023. 02/22-49-son ma’lumotnomasi). Natijada tola tozalagichning  tozalash samarasi mavjud 1VPU tozalagichga nisbatan 5-6 % ga ortgan, tolali chiqindilar miqdori  1,8-1,9 % ga kamaydi, tozalangan toladagi ulyuk va iflos aralashmalar miqdori 0,3% kamaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish