Yuldashev Jaloladdin Abduraxim o‘g‘li
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani tozalashda arrachali baraban segmenti mustahkamligini oshirish usulini takomillashtirish” 05.02.03–“Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3683
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Shergozievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Farxod Xayrullaevich texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash agregati arrachali segment mustahkamligini va ishlash ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta tarkibidagi aralashmalarning tozalash agregati arrachali segmenti bilan ta’sirlashuvining takomillashtirilgan nazariy modeli asosida segment ishonchli ishlashi uchun uning qattiqligini oshirish zarurligi isbotlangan;
tozalash agregatining arrachali segmentini tayyorlashning takomillashgan texnologiyasi va lazerli kesishning ratsional rejimlari ishlab chiqilgan;
arrachali segment tishlari yuzasini lazerli kesish jarayonida lazer nuri energiyasining konsentrlangan ta’siri ostida metaldagi uglerod va kislorodning miqdoriy nisbati o‘zgarishida mustahkamligini oshirish samarasiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta tozalash mashinalarining arrachali barabani segmenti ishlash muddatini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashgan arrachali segment “Hazorasp textil” MChJ klasteri tasarrufidagi paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan. (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2023 yil 28 apreldagi № 02/22-316 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arrachali baraban segmenti ishlash muddati 30 % ga oshirilishga, jarayonning to‘xtalishlar vaqti kamayishiga va tozalash mashinalarining barqaror ishlashiga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish