Adilova Aziza Shuxratovna
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Havo oqimidagi zararli aralashmalarning harakatini dinamik taxlil qilish asosida siklonlarning konstruksiyasini takomillashtirish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/2293
Ilmiy rahbar: Murodov Orif Jumaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich texnika fanlari doktori, professor; Kiselyov Mixail Vladimirovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Havo oqimidagi zararli aralashmalarning xarakatini dinamik taxlil qilish asosida siklonlarning konstruksiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siklon chang ushlagichning ishlashini baholash uchun yig‘ish samaradorligi va ularda hosil bo‘ladigan bosim miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
siklon chang ushlagichning kirish qismi geometrik konfiguratsiyasidagi o‘zgarishlarning, hajm bo‘ylab oqim tezligining taqsimlanish soxalarini shakllantirishga ta’siri aniqlangan;
siklon chang ushlagich konstruksiyasini takomillashtirish orqali uning ratsional modeli ishlab chiqilgan;
siklon chang ushlagich kanallarida chang zarrachasi harakat qilganda bosimlar farqi aniqlanib, uning geometrik o‘lchamlarining ratsional qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dissertatsiyada tavsiya qilinayotgan chang ushlagich siklonlarning yangi modeli konstruksiyasida ko‘rsatilgan parametrlardan diametri 2000 mm bo‘lgan siklonlar uchun siklon balandligining diametriga nisbati chegarasi mos ravishda 11,6 ga teng bo‘lib bu modelni “REAL AGRO SOTTON” UK korxonasida tadbiq etilgan (Paxta to‘qimachilik klacterlari uyushmacining 2023 yil 12-maydagi 02/22-348-conli ma’lumotnomaci). Olingan natijalar asosida taklif etilayotgan yangi texnologiyani changli havoni tozalash samaradorligini 60-70% dan nazariy 94-97%, amaliy 90-95% gacha oshirishga erishilgan bo‘lsa, atmosferaga chiqib ketayotgan changning konsentratsiyasini 250 mg/m3 dan 102 mg/m3 gacha pasayishiga ya’ni 2,5 barobar kamayishiga erishildi.