Alimova Nasiba Usmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Registr o‘tkazish mobaynida O‘zbekistonda 1-tur qandli diabetli bolalar va o‘smirlar davolashni va epidemiologiyasi», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib190.
Ilmiy rahbar: Raximova Gul`nara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Ya.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori; Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston uzluksiz ta’lim tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: qandli diabetning birinchi turi bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda milliy registr yaratish va epidemiologik tekshirishlar asosida qandli diabetning kechki asoratlarini oldini olishni takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk maratoba mamlakatimiz hududlarida epidemiologik tadqiqotlar natijasida 2003–2016 yillar davomida 1-tur qandli diabet bilan xastalangan bolalar va o‘smirlar orasida klinik, epidemiologik, yosh va genderlik xususiyatlari asosida kasallikning tarqalish, darajasi, o‘lim ko‘rsatkichlarining holati asoslangan;
registr davomida hududlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘limga sabab bo‘ladigan metabolik va diabetik asoratlarning tarqalishi va rivojlanishini ko‘chaytirishni oldini oladigan davolash tizimi optimallashtirilgan;
1-tur qandli diabet bilan xastalangan bolalar, o‘smirlar orasida diabetik asoratlari, o‘lim ko‘rsatkichlari 2012-2014 yillar olib borilgan skrining va registr ma’lumotlarida 1998 yildagi skrining ko‘rsatkichlaridan ancha pasayganligi, registr ma’lumotlarining samaradorligini to‘g‘ri strategiyasi hamda taktikasi olib borilganligini isbotlagan;
1-tur qandli diabet bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda mamlakatimizda 2003-2016 yillarda olib borilgan registr va skrining, hududlarda kunlik adekvat insulin miqdorini hamda IIT nisbatining oshganligini milliy o‘zbek oshxonasi taomlaridagi non birligi hisoblash asosida kasallikning oldini olishga o‘rgatuvchi strukturlangan yangi dasturning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Registr o‘tkazish mobaynida O‘zbekistonda qandli diabetning birinchi turi mavjud bolalar va o‘smirlarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekistonda qandli diabetning birinchi turida mijozlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabet kasalligining birinchi turini tashxislash, kasallikning tarqalishi epidemiologiyasi va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
«Bolalar va o‘smirlarda qandli diabetning birinchi turida tibbiy yordam ko‘rsatishning milliy standarti» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/58-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma milliy mintalitetni inobatga olgan holda bolalar va o‘smirlar orasida qandli diabet kasalligining birinchi turini tashxislash va tibbiy yordam ko‘rsatishda insulin bilan davolash tartibi, miqdorini tanlash, qo‘llaniladigan insulin turini aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekistonda 1-tur qandli diabetli bolalar va o‘smirlarni davolash va epidemiologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent viloyati, Samarqand va Buxoro viloyatlari endokrin dispanseri klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 29 martdagi 8n-d/27-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bolalar va o‘smirlarda qandli diabetning birinchi turida tibbiy yordam ko‘rsatishning milliy standarti asosida kasallarning umr ko‘rish davriyligini uzayishi, nogironlikning oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini yaratgan.