Bozorov Baxodir Turaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani boshlang‘ich iflosligiga qarab tozalashni muvofiqlashtirilgan texnologiyasini ishlab chiqish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/2401
Ilmiy rahbar: Parpiev Azimdjan, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Qadam Jumaniyazov, texnika fanlari doktori, professor; Olimjon Sarimsoqov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax poletexnika instituti instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani boshlang‘ich iflosligiga qarab uni samarali tozalash texnologiyasi va ratsional rejimlarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tozalash oqimi seksiyalarini tozalash samaradorligi kinetikasini tajriba–sinov asosida ratsional tozalash qaytaligi va qoziqchali barabanlar ratsional soni aniqlangan;
tozalash jarayonida paxta bo‘lagi va ifloslik tezligiga ularning massasi, qoziqchali barabanlar tezligi, ishqalanish koeffisienti va zarbani paxtaga urilish burchagi ta’sirini harakterlovchi matematik modellar olingan, ifloslik ajralishini jadallashtirish uchun ishqalanish koeffisientini ratsional qiymatlari aniqlangan;
paxtani boshlang‘ich iflosligi va namligiga qarab tozalash samaradorligi va tola sifatini xarakterlovchi matematik modellar asosida tozalagichlarni ratsional ishlash rejimlari ishlab chiqilgan;
paxta namligi va tozalagichlarni ish unumdorligini o‘zgartirish xisobiga paxtadagi qoldiq ifloslik va tola sifatini boshqarish imkoniyati chegaralari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxtani boshlang‘ich iflosligiga qarab, uni tozalashni muqobillashgan rejasini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
paxtani ratsional tozalash rejasi Bo‘ka paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (Paxta to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2023 yil 19 maydagi 02/22-357-sonli ma’lumotnomasi). Natijada I-II-nav paxtalarni tozalashda tozalash samaradorlgi 90-92% ga etkazilgan, tola sifati yaxshilanib bir sinfga ko‘tarilgan.