Artikov Kurbonazar Amanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy manbalari bo‘yicha xarajatlar hisobi va nazoratini takomillashtirish », 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt732.
Ilmiy rahbar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mengliqulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy manbalari bo‘yicha xarajatlar hisobini va nazoratini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oliy ta’lim muassasalarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan talabalar turar joyi hamda nashriyot ishlari daromadlari hisobini yuritishda
520300 (262) - “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” schyoti tarkibida 520310 (262/TTJ) - “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha talabalar turar joyi uchun hisoblangan daromadlari” hamda 520311 (262/Nashr) - “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha nashriyot uchun hisoblangan daromadlari” nomli alohida ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida mavjud kreditorlik qarzlarni rivojlantirish jamg‘armasi manbalari hisobidan tugatish maqsadida xarajat sifatida tan olinishi uchun 741000 (261) - “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 741010 (261/TTJ) - “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan talabalar turar joylarini qisman saqlash uchun amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” hamda 741011 (261/Nashr) – “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nashriyot uchun amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarini kiritish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga davlat oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan ajratmalarning miqdorini 5 foizdan 4 foizga tushirish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyalashtirish manbaalari bo‘yicha xarajatlar hisobi bo‘yicha moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlarini o‘tkazish, natijalarini rasmiylashtirishning tashkiliy mexanizmi taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy manbalari bo‘yicha xarajatlar hisobi va moliyaviy nazoratini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha hisoblangan talabalar turar joyi hamda nashriyot uchun daromadlar hisobini yuritishda 520300 (262) - “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha daromadlar” schyoti tarkibida 520310 (262/TTJ) - “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha talabalar turar joyi uchun hisoblangan daromadlari” va 520311 (262/Nashr) - “Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha nashriyot uchun hisoblangan daromadlari” ishchi schyotlarini ochish taklifi Urganch davlat universitetining 2023-yil 4-yanvardagi
1-ITB§8-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 03/29-2001-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirish jamg‘armasiga tushadigan daromadlarni alohida hisobga olish, ular yuzasidan analitik hisob ishlarini yuritish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida mavjud kreditorlik qarzlarni rivojlantirish jamg‘armasi manbalari hisobidan tugatish maqsadida xarajat sifatida tan olinishi uchun 741000 (261) - “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” schyoti tarkibida 741010 (261/TTJ) – “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan talabalar turar joylarini qisman saqlash uchun amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” va 741011 (261/Nashr) – “Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nashriyot uchun amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar” ishchi schyotlarini ochish taklifi Urganch davlat universitetining 2023-yil 4-yanvardagi 1-ITB§8-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil  21-avgustdagi 03/29-2001-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan talabalar turar joylarini qisman saqlash uchun amalga oshirilgan xarajatlarni alohida hisobga olish, ular yuzasidan analitik hisob ishlarini yuritish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga davlat oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan ajratmalarning miqdorini 5 foizdan 4 foizga tushirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risida Nizom”da o‘z aksini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 03/29-2001-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi, Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan ajratmalarni miqdori 5 foizdan 4 foizga tushirishga va ajratmalar inson omilining aralashuvisiz, avtomatik tarzda o‘tkazilishiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida moliyalashtirish manbaalari bo‘yicha xarajatlar hisobi bo‘yicha moliyaviy nazorat va ichki audit tadbirlarini o‘tkazish, natijalarini rasmiylashtirishning tashkiliy mexanizmi taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 20-iyundagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati xodimlarining lavozim yoʻriqnomlari va tarkibiy bo‘linmalari Nizomlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 272-son buyrug‘ida o‘z aksini topgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 21-avgustdagi 03/29-2001-son ma’lumotnomasi). Natijada,  ichki audit xodimlarining vazifa va majburiyatlarini aniqlashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish