Abdujalilova Guzal Saydillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: « O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining iqtisodiy faoliyatini statistik tadqiqoti », 08.00.06- Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1PhD/Iqt2152
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdujabbor Sattarovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Shermuxamedov Abbos Toirovich fizika-matematika fanlari doktori, professor; To‘raev Shovkat Shuxratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: milliy sanoat tarmog‘ining iqtisodiy faoliyatini statistik usullarda baholash, ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sanoat statistikasini tadqiq etishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida tarmoq va uning sohalari hamda hududlari kesimida iqtisodiy salohiyatlarni yaxlit bir tizimda kompleks statistik baholash asosida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha integral ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
xalqaro standart va tavsiyalarni qo‘llash hisobiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat tarmog‘i tarkibiy tuzilmasi va ko‘lamiga ta’sir etuvchi omillar, tamoyillar hamda mezonlar hisobga olinib, milliy sanoat ko‘rsatkichlarini statistik axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
turli mulkchilik shaklidagi sanoat korxonalarida statistik hisobni yuritish asosida ulardagi asosiy ko‘rsatkichlarni sifat jihatidan boyitish hamda kengaytirilgan holda statistik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida yoppasiga kuzatish usulidan foydalanish bilan birga qisman statistik kuzatish usullaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
sanoat tarmog‘i iqtisodiy salohiyati, mavjud imkoniyatlari hisobga olinib, ularning iqtisodiy rivojlanishini o‘rta muddatli istiqboldagi (2023-2026 yy) statistik prognozlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Milliy sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyatining zamonaviy statistik uslublardan foydalanish, samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat statistikasini tadqiq etishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish maqsadida tarmoq va uning sohalari hamda hududlari kesimida iqtisodiy salohiyatlarni yaxlit bir tizimda kompleks statistik baholash asosida iqtisodiy faoliyat turlari boʼyicha taklif etilgan integral ko‘rsatkichlar tizimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining 2023 yil 28 sentyabrdagi 01/1-04-18/2-240-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar mamlakatimizda sanoat tarmog‘ining iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va korxonalar faoliyatida turli statistik tahlil qilish usullarini qo‘llash imkoniyatlarini oshirgan;
xalqaro standart va tavsiyalarni qo‘llash hisobiga iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat tarmog‘i tarkibiy tuzilmasi va ko‘lamiga ta’sir etuvchi omillar, tamoyillar hamda mezonlar hisobga olinib, milliy sanoat ko‘rsatkichlarini statistik axborotlar bazasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining 2023 yil 28 sentyabrdagi 01/1-04-18/2-240-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimiz sanoat ishlab chiqarishi va samaradorligini xalqaro andoza va tamoyillar asosida statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan;
turli mulkchilik shaklidagi sanoat korxonalarida statistik hisobni yuritish asosida ulardagi asosiy ko‘rsatkichlarni sifat jihatidan boyitish hamda kengaytirilgan holda statistik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida yoppasiga kuzatish usulidan foydalanish bilan birga qisman statistik kuzatish usullaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasining 2023 yil 12 sentyabrdagi 11/051-04-11/307-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar O‘zbekiston Respublikasi shahar va tumanlarida sanoat korxonalarining iqtisodiy-innovatsion salohiyatini kompleks statistik baholash imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
sanoat tarmog‘i iqtisodiy salohiyati, mavjud imkoniyatlari hisobga olinib, ularning iqtisodiy rivojlanishini o‘rta muddatli istiqboldagi (2023-2026 yy) statistik prognozlari tuzilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 2023 yil 7 iyuldagi 01/1-01-15/2-137-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar istiqbolda sanoat korxonalari salohiyati va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini statistik baholash hamda barqaror rivojlantirish uchun maxsus dasturlar, “yo‘l xaritalari” va chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirgan.