Jiyanov Abdunor Bobokulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karer bortlarini turg‘unligi bo‘yicha hududlashtirish va kontur oldi hududida portlatish ishlari texnologiyasini asoslash», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3620.
Ilmiy rahbar: Nazarov Zoir Sodikovich, texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: O‘rinov Sherali Raufovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Azamat maxmudovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tog‘ jinslari massivining geomexanik sharoitlarini hisobga olgan holda karer bortlarini turg‘unligi bo‘yicha hududlashtirish hamda kon ishlarining samaradorligi va xavfsizligini ta’minlash uchun karerning kontur oldi hududida portlatish ishlarini olib borish texnologiyasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘ jinsi massivlarining bir xil fizik-texnik xususiyatlarini va bort turg‘unligi chegaraviy koeffisientini belgilovchi gorizontal kuchlanishlarni aniqlash orqali karer bortlarini turg‘unlik mezoni bo‘yicha geodinamik hududlashtirishning ilmiy yondashuvi asoslangan;
laboratoriya tadqiqotlari orqali aniqlanadigan Yung elastiklik moduli, ilashish ko‘rsatkichi, ichki ishqalanish burchagi va Puasson koeffisientlarini hisobga olgan holda cheklangan elementlar va chegaraviy muvozanat usullari asosida aniqlangan hisoblash ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan karer bortlari qiyalik burchaklarining optimal turg‘un parametrlari asoslangan;
Midas GS NX dasturi asosidagi hisob-kitoblarga tayanib, 12 ta hududlashtirish qirqimi bo‘yicha cheklangan elementlar usulidan foydalangan holda karer bortlari konturining turg‘un qiyaliklar ko‘rsatkichlari aniqlangan;
karer maydonining turli hududlashtirilgan zonalari uchun kontur oldi hududi himoyalash zonasining kengligi va portlovchi moddaning optimal solishtirma sarfi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karer bortlarini turg‘unligi bo‘yicha hududlashtirish va kontur oldi hududida portlatish ishlarini olib borish texnologiyasini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karer bortlarini turg‘unligi bo‘yicha optimal qiyalik burchaklari asosida hududlashtirish hamda kontur oldi hududlarida portlatish ishlarini olib borish texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Markaziy kon boshqarmasi Auminzo-Amantay konining Shimoliy va Markaziy Amantaytov karerlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 maydagi 23.01-01-07/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, karer maydonining turli hududlashtirilgan zonalari uchun kontur oldi hududi himoyalash zonasining kengligi va portlovchi moddaning optimal solishtirma sarfi aniqlash imkonini bergan;
karer maydonini hududlashtirish metodikasi va bort qiyaligi turg‘unligi koeffisientiga bog‘liq bo‘lgan balli tizim bo‘yicha tog‘ jinslarining fizika-mexanik xususiyatlarini geometrizatsilash metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ Markaziy kon boshqarmasi Auminzo-Amantay konining Shimoliy va Markaziy Amantaytov karerlarida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 29 maydagi 23.01-01-07/244-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik ishlarining samaradorligi va xavfsizligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish