Tuxtamishova Gulnoza Qarshiboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘ta yuqori chastotali nurlanish  yordamida mahalliy donni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T2268.
Ilmiy rahbar: Majidova Nargiza Qaxramonovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbonov Jamshed Madjidovich, texnika fanlari doktori, professor; Jaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasida ishlov berish orqali novvoylik xossalari past mahalliy bug‘doy navlarini qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish va ularning novvoylik xossalarini yaxshilash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy bug‘doy donidan tortilgan navli novvoylik unining texnologik xossalarini yaxshilash usuli ishlab chiqilgan va uning samaradorligi nazariy jihatdan asoslangan.
o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasida ishlov berishning mahalliy bug'doy doni navlarining fizik-kimyoviy va texnologik xususiyatlariga ta'siri   ilmiy jihatdan asoslangan;
o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasida ishlov berish orqali navli novvoylik unining xossalarini yaxshilash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
biologik va nonvoylik xossalari past undan non tayyorlashning texnologik sharoitlari bo‘yicha asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy don navlarini o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasidan  foydalangan holda qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasida biologik va nonvvoylik  xossalari past mahalliy bug‘doy donlariga  ishlov berish texnologiyasi «O‘zdonmahsulot» AKning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AK 2023 yil 5 maydagi AK/6-1-2/67-353-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik va nonvvoylik xossalari past mahalliy bug‘doy donlarini o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasi yordamida ishlov berilib  uning biologik va nonvvoylik xossalarini oshirish imkoniyati yaratildi;
GTI bosqichida biologik va nonvvoylik  xossalari past mahaliy bug‘doy donlarini  o‘ta yuqori chastotali diapazon energiyasida ishlov berish texnologiyasi Sirdaryo viloyati « Xovos don » AJ ning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yisha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zdonmahsulot» AKning 2023 yil 5 maydagi AK/6-1-2/67-353-son ma’lumotnomasi ). Natijada, donni maydalashga tayyorlashda ishlov berish va samaradorlik texnologiyasi sifati oshishini ta’minlash imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish