Kalilaeva Baxitli Ruslanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida Anacanthotermes avlodi termitlar tarqalishining monitoringi va ularga qarshi kurashning profilaktik chora-tadbirlari», 03.00.06 - Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B821.
Ilmiy rahbar: Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Elmuratova Zulxumor Urazovna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida Anacanthotermes avlodi termitlar tarqalishining monitoringi va ularga qarshi kurashning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonning tabiiy va antropogen-transformatsiyalangan hududlarida Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning hozirgi zamonaviy tarqalish xususiyatlari tahlil qilingan hamda bioekologiyasi tavsiflangan;
Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning trofik aloqalariga bog‘liq ular tomonidan keltiriladigan zararli ta’sirlarining so‘ngi yillardagi holati ochib berilgan;
tabiiy sharoitda va antropogen-transformatsiyalangan hududlarda Anacanthotermes avlodiga mansub termitlar zarariga nisbatan entomopatogen mikroorganizm “Beauveria tenella zamburug‘ining VD-85 shtammi”, kimyoviy preparatlar “Fipronil Ekstra (20%) sus.em.”, Sermit (20%) sus.k., “Piralaks-Lyuks” hamda mahalliy xomashyo “Oligomer superplastifikator” qo‘llanilgan va biologik samaradorliklari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston tabiiy sharoitida termitlardan profilaktik himoyalanishning biologik, kimyoviy, fizik-mexanik usuli amalga oshirilgan va ushbu usullarning afzalliklari, biologik hamda xo‘jalik samaradorligi ilmiy asoslanib tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida Anacanthotermes avlodi termitlar tarqalishining monitoringi va ularga qarshi kurashishning profilaktik chora-tadbirlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston hududida tarqalgan Anacanthotermes avlodiga mansub termitlarning dala sharoitida oziqlanishi, o‘simliklarni zararlashi va ularga qarshi kurashda Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida entomopatogen mikroorganizmlardan “Beauveria tenella zamburug‘ining VD-85 shtammi”, kimyoviy preparatlardan “Fipronil Ekstra (20%) sus.em.”, Sermit (20%) sus.k., “Piralaks-Lyuks”, hamda mahalliy xomashyolardan “Oligomer superplastifikator”ni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Vazirligining 2023 yil 12 sentyabr 01/18-710 son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston sharoitida termitlar zarariga nisbatan 74,7%-89,8% biologik samaradorlikga erishilgan va termitlar zararini kamayishining imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining rivojlanishida madaniy-meros ob’ektlarining o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston hududida qad ko‘targan Chilpiqqal’a qo‘rg‘oni, Ichanqal’a, Shibiliy ota, Sulton-Uvays, Mizdahkan kompleksi, Qirq cho‘pon, Redjep xalifa, Shumanabiy maqbarasi, Gaurqal’a, Hazirati Dovud ota tarixiy ziyoratgohlari va Aqchaxonqal’a, Tashqirman, Tuproqqal’a, Qirqqiz qal’a, Ayozqal’a 1-2, Yanboshqal’a, Qumbosganqal’alari kabi madaniy-meros ob’ektlarida 2018-2023 yillar davomida tadqiqot ishlari olib borildi, natijada binolarning 80%-90% atrofida termitlardan zararlanganligi aniqlandi. Jumladan, Kegayli tumanida joylashgan Ichanqa’la tarixiy ziyoratgohida termitlar zarariga qarshi kurashda kimyoviy preparat “Sermit (20%) sus. k.” aralashmasidagi zaharli em-xo‘raklarni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2023 yil 11 sentyabr 1/386 son ma’lumotnomasi). Natijada, termitlar zarariga nisbatan 82,9% biologik samaradorlikga erishilgan va termitlar zararini kamaytirish hamda populyasiyalar sonini boshqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish