Ortiqov Islom Ziyodulla o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklarining patogen mikromitsetlari», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/B632.
Ilmiy rahbar: Mustafaev Ilyor Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Botanika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Kamilov Shuxrat Ganievich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklarining patogen mikromitsetlarini keng ko‘lamda tahlil qilish va xavfli patogen mikromitset turlariga qarshi samarali profilaktik kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklarida patogen mikromitsetlarning 3 bo‘lim 8 sinf 18 tartib 36 oila 76 turkumiga mansub 275 tur 40 forma va 2 variatsiyasi aniqlangan;
ilk bor tadqiqot hududi uchun patogen mikromitsetlarining 3 bo‘lim 7 sinf 11 tartib 14 oila 30 turkumga mansub 61 tur 11 formasi, O‘zbekiston mikobiotasi uchun 6 turi qayd etilgan;
patogen mikromitsetlarning tik mintaqalari bo‘yicha tarqalishi hamda mavsumiy rivojlanishi ochib berilgan;
mikromitsetlarning 2 bo‘lim 3 sinf 6 tartib 6 oila 13 turkumga mansub 25 tur va 3 formasi yangi xo‘jayin o‘simliklarida uchrashi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston hududida Qizil kitobga (2019) kiritilgan Platanus orientalis L. da un-shudring, Tulipa korolkowii Regel va Eremurus aitchisonii Baker larda zang kasalliklari qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zominsuv havzasida olib borilgan mikologik tadqiqotlardan olingan natijalar asosida:
Zominsuv havzasida asosiy o‘rmon hosil qiluvchi Juniperus L. turkumi vakillarida zang kasalligini keltirib chiqaruvchi Gymnosporangium R.Hedw. ex DC. turlarini oraliq xo‘jayin o‘simliklarida tarqalishini aks ettiruvchi GAT xaritasi Zomin milliy tabiat bog‘ining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 20-iyuldagi 03-03/3-2989-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zominsuv havzasida tarqalgan Juniperus L. vakillarini zararlash xususiyatiga ega bo‘lgan Gymnosporangium turkestanicum, G. confusum, G. fusisporum larni etsiosporalarining asosiy qismi hosil bo‘luvchi nuqtalarini aniqlash va erta bosqichda tashxislash imkonini bergan;
Juniperus L. va Crataegus L. turlarida zang kasalligini keltirib chiqaruvchi Gymnosporangium confusum ning yuqish zanjirini uzish bo‘yicha ishlab chiqilgan profilaktik uslub Zomin Milliy tabiat bog‘i va Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 20-iyuldagi 03-03/3-2989-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhofaza qilinadigan hududlarda tarqalgan Juniperus va Crataegus turlarida zang kasalligini aniqlash va himoya qilish imkonini bergan;
tabiiy hududlarda tarqalgan archa va do‘lananing zang kasalligini profilaktika qilish uslubi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk markazidan foydali model patenti (31.08.2023, № FAP 02306) olingan. Natijada, tabiiy muhitda tarqalgan archa va do‘lana turlarini zang kasalligidan himoya qilish imkonini bergan;
Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklari patogen mikromitsetlarining 642 ga yaqin mikologik gerbariy namunalari O‘zR FA Botanika instituti “Noyob obekti” Mikologik gerbariy (TASM) fondiga topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasning 2023-yil 18 avgustdagi №4/1255-1749-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zominsuv havzasi yuksak o‘simliklaridan yig‘ilgan mikologik gerbariy namunalari noyob obekt fondini boyitgan va O‘zbekistonning muhofaza qilinadigan tabiiy mintaqalarida tarqalgan patogen mikromitsetlarning elektron ma’lumotlar bazasini tayyorlashda foydalanish imkonini bergan.