Abdullaev Baxodirjon Ikromjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toblangan po‘latlarni yuqori tezlikda toresli frezalashda detallar sirt qatlami sifatini ta’minlash”, 05.02.05 – “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuhrat Nomanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Ravshanov Jamshid Ravshanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toblangan po‘latlarni yuqori tezlikda toresli frezalashda detallar sirt qatlami sifatini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
toblangan po‘latdan tayyorlangan detallarning yuza qatlamiga frezalab ishlov berish texnologiyasi detallarning toblanganlik qatlamining chuqurligi va freza ishchi qismining o‘lchamlariga bog‘liqlik darajasi asosida ishlab chiqilgan;
toblangan po‘latdan tayyorlangan detallarga ishlov berish qurilmasi va texnologiyasi detalning geometrik o‘lchamlari bilan ishlov berish qurilmasiga mahkamlash nuqtalari orasidagi mutanosiblikni ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
 toblangan po‘latlardan tayyorlangan detallarga ishlov berish rejimining matematik modeli hosil qilinadigan yuza tekisligi va frezalash dastgohining tezligi asosida ishlab chiqilgan;
toblangan po‘latlarga yuqori tezlikda toresli frezalab mexanik   ishlov berish natijasida, material xossalarini aniqlash imkonini beradigan detal yuza qatlamidagi, texnologik qoldiq kuchlanishlarni hosil bo‘lish modeli, difraktometr jihozi diagrammasi asosida ishlab chiqilgan;
toblangan po‘latlarga yuqori tezlikda mexanik ishlov berishda  g‘adir – budirlik, mikroqattiqlik, fazali-tarkib xossalari va detal yuza qatlami sifatiga ta’sir qiluvchi omillarni tajribaviy tadqiq qilish uslubini aniqlash uchun, emperik modellar ishlab chiqilgan;
yuqori tezlikda toresli frezalab, mexanik ishlov berishning maqbul ma’romlarini aniqlash qo‘llanilgan. Buning uchun material yuza qatlamida qoldiq kuchlanish, yuzaning g‘adir-budirligi, puxtalanish, detal yuza qatlamining fazali tarkib xossalari (qizish harorati bo‘yicha), kesuvchi asbob turg‘unligi, ishlov berish aniqligi, dastgoh pasport ma’lumotlari bo‘yicha bir qator texnologik cheklovlar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toblangan po‘latlarni yuqori tezlikda toresli frezalashda detallar sirt qatlami sifatini ta’minlash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
toblangan po‘latdan tayyorlangan detallarning yuza qatlamiga frezalab ishlov berish texnologiyasi Navoiy kon – metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2022 yil 19 noyabrdagi 23.01-01-07/770-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lat detallarning yuza qatlamining sifat ko‘rsatkichi 5-7% ga oshgan;
toblangan po‘latdan tayyorlangan detallarga ishlov berish qurilmasi va texnologiyasi Navoiy kon – metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2022 yil 19 noyabrdagi 23.01-01-07/770-son ma’lumotnomasi). Natijada po‘lat detallarga ishlov berish samaradorligi 5-7% ga oshgan;
 toblangan po‘latlardan tayyorlangan detallarga ishlov berish rejimining matematik modeli Navoiy kon – metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2022 yil 19 noyabrdagi 23.01-01-07/770-son ma’lumotnomasi). Natijada freza keskichlarining mustaxkamligi va xizmat muddati 6-8 % ga oshgan.
Joriy qilingan usul v ava ishlov berish texnologiyasi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish samaradorligini, sifatini, ishonchliligini, unumdorligini va energiya resurslarini kamaytirish ishlab  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish