Valixonov Dostonbek Azim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polimer materiallardan tayyorlanadigan silindrsimon detallarning tashqi yuzalariga tokarlik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.02.05 – “Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Dastgohlar va asbob uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3687
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuhrat Nomanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azamat Hayitovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan Muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi polimer materiallardan tayyorlangan silindrsimon detallarning tashqi yuzalariga tokarlik ishlov berish texnalogiyasini takomillashtirishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer materialdan tayyorlangan zagatovkani dastlabki prokatlash texnologiyasi asosida prokatlash natijasida hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarining qiymati asosida ishlab chiqilgan;
polimer materialdan tayyorlangan detallariga dastlabki dumalatish usuli dumalatish jarayonida hosil bo‘ladigan bosimning zagatovkada taqsimlanish xarakteri asosida ishlab chiqilgan;
polimer materialga ishlov berish jarayonini amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus qurilmaning konstruksiyasi zagatovkaning geometrik o‘lchamlariga nisbatan ishlov berish yuzasining nisbatiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
PKMdan tayyorlanadigan silindrsimon detallarni kesish jarayonida kesish kuchining o‘zgarishi va qirindi hosil bo‘lish jarayonining parametri aniqlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polimer materiallardan tayyorlanadigan silindrsimon detallarning tashqi yuzalariga tokarlik ishlov berish texnologiyasini  takomillashtirish  uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
polimer materiallardan tayyorlangan xom ashyoning dastlabki prokatlash texnologiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 31 avgustdagi №1383-son ma’lumotnomasi). Natijada polimer materiallardan tayyorlangan xom ashyoning ishlov beriladigan sirtining to‘g‘ri shaklidan og‘ishi 26-33% pasaygan;
polimer materialdan tayyorlangan detallariga dastlabki dumalatish usuli “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 31 avgustdagi №1383-son ma’lumotnomasi). Natijada polimer materiallarning ishlov berilgan yuza tekisligi 2 martaga oshgan;
o‘rganilaytgan materiallar zagatovkasini dastlabki dumalatish usulini “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 31 avgustdagi №1383-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlov berilayotgan detal yuzasi g‘adir-budurlik darajasini odatdagi tokarlik ishlovini berish usuli bilan qiyoslanganda 2 marotaba pasayishi ta’minlangan;
polimer materialdan tayyorlangan detalni oldindan prokatlash qurilmasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Farg‘ona mexanika zavodi” MChJ korxonasiga joriy qilindi (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2022 yil 31 avgustdagi №1383-son ma’lumotnomasi). Natijada polimer materiallaridan tayyorlangan detallarga ishlov berish unumdorligini 1,1-1,5 marotaba oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish