Abraev Tulqin Esanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Hudud sharoitida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbol imkoniyatlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2738.
Ilmiy rahbar: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boltaev Shavkat Sharipovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish tarmogʻining istiqbolli imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida rivojlantirib, maqsadli loyihalarni dastlabki bosqichda moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta’minlanganlik darajasini e’tiborga olgan holda istiqbol maqsadlariga ko‘ra xizmat ko‘rsatish obektlarini ustuvor tashkil etish va xalqaro yoʻllar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obektlarini joylashtirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish (chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari, joylashtirish xizmatlari va boshq.) tadbirkorlik subektlari uchun ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq va mahalliy soliqlar stavkasini pasaytirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmatlar imkoniyatlarini ishlab chiqarishga faol jalb qilgan holda soha rivojlanish istiqbol maqsadlariga ko‘ra xizmatlar hajmining 2026-yilgacha ssenariyli prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hudud sharoitida xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirishning istiqbol imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasini oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida rivojlantirib, maqsadli loyihalarni dastlabki bosqichda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 02/345-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi natijasida mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish loyihalariga jami 35 mlrd. so‘m ajratilib, shu jumladan mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash loyihalarini moliyalashtirish imkonini bergan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishda hudud ixtisoslashuvi va infratuzilmaviy ta’minlanganlik darajasini e’tiborga olgan holda istiqbol maqsadlariga ko‘ra xizmat ko‘rsatish obektlarini ustuvor tashkil etish va xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obektlarini maqsadli joylashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 02/345-son ma’lumotnomasi). Qaror bo‘yicha tadbirlar realizatsiyasi hududda xizmatlar sohasini maqsadli parametrlarga yo‘naltirish va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni to‘laroq qondirishga, soha obektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga va xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obektlarini zamonaviy talablarga ko‘ra tashkil etilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqada xizmat ko‘rsatish (chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport xizmatlari, joylashtirish xizmatlari va boshq.) tadbirkorlik subektlari uchun ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq va mahalliy soliqlar stavkasini pasaytirishga yo‘naltirilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 02/345-son ma’lumotnomasi). Mazkur qarorga binoan 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvarga qadar chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subektlari uchun ijtimoiy soliq, aylanmadan olinadigan soliq va mahalliy soliqlar stavkasi 1 foiz etib belgilanib, ular aylanma mablag‘lari ko‘payishiga hamda hududda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlanishiga rag‘bat va sharoit yaratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar imkoniyatlarini ishlab chiqarishga faol jalb qilgan holda soha rivojlanish istiqbol maqsadlariga ko‘ra xizmatlar hajmining 2026-yilgacha ssenariyli prognozi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi PQ-104-son «Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 20-iyuldagi 02/345-son ma’lumotnomasi). Takliflar mintaqada xizmatlar sohasini rivojlantirishning yig‘ma maqsadli parametrlarining amalga oshirilishida yangidan tashkil etiladigan 3032 ta xizmat ko‘rsatish obektlari va 42,0 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.