Abdieva Nargiza Shuxratovnaning
 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt223.
Ilmiy maslahatchi: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro sertifikat egasi bo‘lgan ichki auditorga malaka sertifikatini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirishda ularni malaka imtihonidan ozod etish taklif etilgan;
ichki auditorga malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirish zarurligi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat vositalari riskini javobgarlik markazlariga qayta taqsimlash orqali ichki audit natijaviyligini oshirish asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida operativ boshqaruv, ichki nazorat va ichki audit komponentlaridan iborat uch chiziqli himoya modelini qo‘llash orqali ichki audit samaradorligini oshirish asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarida operatsion risklarni pasaytirish ustidan nazoratni ichki audit xizmati ishi sifatini ichki baholash mezonlari tarkibiga kiritish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro sertifikat egasi bo‘lgan ichki auditorga malaka sertifikatini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirishda ularni malaka imtihonidan ozod etishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi 280-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi 06/04-01-32/1587-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan ichki auditorlarning malaka imtihonini topshirishidan ozod etishga erishilgan;
ichki auditorga malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o‘n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi 280-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risida nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 13 sentyabrdagi 06/04-01-32/1587-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki auditorlarni sertifikatlash tizimining takomillashuviga va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirishda imtiyozlar berilishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida nazorat vositalari riskini javobgarlik markazlariga qayta taqsimlash orqali ichki audit natijaviyligini oshirish bo‘yicha taklifdan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda ichki audit tekshiruvlarini o‘tkazish jarayonida foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 01 avgustdagi 01/2258-23-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nazorat vositalari riskining pasayishiga, ichki audit natijaviyligi va ish sifatining oshishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida operativ boshqaruv, ichki nazorat va ichki audit komponentlaridan iborat uch chiziqli himoya modelini qo‘llash orqali ichki audit samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifdan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda «Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi Nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda 2023 yil 01 avgustdagi 01/2258-23-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida biznes-jarayonlar samaradorligi oshishiga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida operatsion risklarni pasaytirish ustidan nazoratni ichki audit xizmati ishi sifatini ichki baholash mezonlari tarkibiga kiritish bo‘yicha taklifdan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi Nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 01 avgustdagi 01/2258-23-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida operatsion risk darajasining pasayishiga va ichki audit xizmati ishi sifati oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish