Musaev Mansur Tursunpo‘latovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida missionerlik va prozelitizmning jamiyat xavfsizligiga tahdidi”, 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Siyos39.

Ilmiy rahbar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.

Rasmiy opponentlar: Saidolimov Saidxon Tal’at o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Globallashuv sharoitida missionerlik va prozelitizmning jamiyat xavfsizligiga tahdidining siyosiy jihatlarini tadqiq etishdan iborat.

III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

«missionerlik» va «prozelitizm» g‘oyalarining turlari, tasniflari, mezonlari, tarixiy va zamonaviy xususiyatlari, siyosiy kategorial asoslari tizimli tartibda ochib berilgan;

missionerlik va prozelitizm harakatining ma’naviy-siyosiy tahdid sifatida namoyon bo‘lishning destruktiv, manipulyativ, esxatologik xususiyatlari, ularga qarshi kurashning ijtimoiy-siyosiy jihatlari asoslab berilgan;

missionerlik va prozelitizm ichki strukturasi, siyosiy nuqtai nazardan turkumlashtirish tamoyillari, uning mafkuraviy intervensiyaning nozik shakli sifatida ochib berilgan;

missionerlik va prozelitizm g‘oyalarining ijtimoiy-siyosiy hayotga ta’siri yuzasidan tashkiliy paradigmadagi o‘zgarishlar tizimi, umumtamaddun va milliy munosabatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillari yoritilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Globallashuv sharoitida missionerlik va prozelitizmning jamiyat xavfsizligiga tahdidining siyosiy jihatlariga oid olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

missionerlik, prozelitizm tushunchalarining mazmuni, genezisi, zamonaviy harakat mexanizmi, siyosiy maqsadlari, ijtimoiy va xalqaro munosabatlarga tahdidi, madaniy-ma’naviy munosabatlarga salbiy ta’siri, global madaniy  munosabatlar, iqtisodiy tanazzul jarayonlarida, “ommaviy madaniyat” tizimida namoyon bo‘lishi, missionerlikning oldini olishda, unga qarshi kurashning O‘zbekiston tajribasini tadqiq etishga doir tavsiyalarni tizimlashtirish kabilar bilan bog‘liq nazariy qarashlardan Imom Buxoriy xalqaro markazi faoliyatida  foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro markazining 2017 yil 27 iyuldagi 01-03/102-son ma’lumotnomasi). Natijada Imom Buxoriy xalqaro markazi, fuqarolar qalbi va ongida sog‘lom diniy dunyoqarashni mustahkamlash hamda rivojlantirish orqali missionerlik va prozelitizmni oldini olishga qaratilgan ilmiy-targ‘ibot faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

mahallalarda aholi o‘rtasida missionerlik va prozelitizmning tahdidi, uning millatlararo totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va diniy bag‘rikenglikka rahna solishi, mazkur harakatining ma’naviy-siyosiy tahdid sifatida namoyon bo‘lishning destruktiv, manipulyativ, esxatologik xususiyatlari, ularga qarshi kurashga doir xulosalaridan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2017 yil 27 noyabrdagi 02-11/1054-son ma’lumotnomasi). Natijada mahallalarda missionerlik va prozelitizmning millatlararo munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirishga hamda millatlararo totuvlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ilmiy-amaliy tadbirlarni amalga oshirishda va boshqaruv xodimlari hamda mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish tizimining takomillashuviga olib kelgan;

“missionerlik” va “prozelitizm” tushunchalarining mazmuni, siyosiy maqsadlari, ijtimoiy va xalqaro munosabatlarga tahdidi, madaniy-ma’naviy munosabatlarga salbiy ta’siri, global iqtisodiy tanazzul jarayonlarida missionerlik va prozelitizmning namoyon bo‘lishi va uning oldini olish hamda unga qarshi kurashishning O‘zbekiston tajribasini tatbiq etishga doir tavsiyalar tizimini yaratish samaradorligini oshirish va unga qarshi g‘oyaviy-mafkuraviy qurollantirishga doir takliflaridan A1-071 raqamli “Murakkab va tahlikali zamonning ma’naviy tahdidlariga qarshi mafkuraviy kurash vositalari kompleksini ishlab chiqish va joriy qilish” mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 22 fevraldagi 02/07-285-18-son ma’lumotnomasi). Natijada markazning targ‘ibot, tashviqot, ilmiy faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

globallashuv sharoitida missionerlik va prozelitizmning jamiyat xavfsizligiga tahdidini siyosiy jihatdan baholash, ilmiy-konseptual tahlil qilish, uning mafkuraviy intervensiyaning nozik shakli ekaniga bag‘ishlangan takliflaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining turli seminarlari, targ‘ibot materiallari, debat va davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy rejalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2017 yil 28 noyabrdagi 04-13/2184-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati orqali yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, missionerlik va prozelitizm ta’siridan asrab avaylashga tadbirlarning saviyasi, ta’sirchanligi, amaliy ahamiyatining ortishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish