Radjabov Bunyod Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2775
Ilmiy rahbar: Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Karimov Akramjon Ikromjon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish yuzasidan xulosalar ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
likvidlilik va investision jozibadorlik yuqori darajasini ta’minlagan holda oddiy aksiyalar qo‘shimcha emissiyasi hisobiga emission daromadni oshirish taklif etilgan;
banklar aksiyalarini muvafaqiyatli ommaviy joylashtirishga erishish nuqtai nazaridan dividendlar muntazamligi, strategiyasi va kafolati tartibini joriy etish orqali investision jozibadorlikni oshirish taklif etilgan;
«bitta aksiya – bitta lot» prinsipi asosida aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari hamda ularda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash orqali muvaffaqiyatli ommaviy joylashtirishga erishish taklif etilgan;
fond birjasi aksiyalar bozori asosiy seksiyasida bitim qiymatiga ko‘ra komissiya to‘lovlarini 0,1-0,45 foiz, muzokaralar va Repo bitimlari seksiyalarida esa 0,22-0,5 foiz doirasida belgilash orqali aksiyalar savdosi hajmini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
likvidlilik va investision jozibadorlik yuqori darajasini ta’minlagan holda oddiy aksiyalar qo‘shimcha emissiyasi hisobiga emission daromadni oshirish taklifi Trastbank XATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Trastbank XABning 2023 yil 28 avgustdagi 01-29/3674 raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2022 yilda bankning 200 milliard so‘mlik oddiy aksiyalari ochiq obuna tartibida “Toshkent” RFBda muvaffaqiyatli joylashtirilgan va xususiy kapital 1,5 trillion so‘mdan oshishiga erishilgan;
banklar aksiyalarini muvafaqiyatli ommaviy joylashtirishga erishish nuqtai nazaridan dividendlar muntazamligi, strategiyasi va kafolati tartibini joriy etish orqali investision jozibadorlikni oshirish bo‘yicha taklifi Trastbank XABning 2023 yil uchun belgilangan dividend siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan (Trastbank XABning 2023 yil 28 avgustdagi 01-29/3674 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada  2023 yil yanvar – may oylari davomida nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan bank oddiy aksiyalari fond birjasida 7371,91 – 10599 so‘m oralig‘ida kotirovkalanishi ta’minlangan;
«bitta aksiya – bitta lot» prinsipi asosida aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bosqichlari hamda ularda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash orqali muvaffaqiyatli ommaviy joylashtirishga erishish bo‘yicha taklifi Trastbank XABning IPOga chiqish va muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan (Trastbank XABning 2023 yil 28 avgustdagi 01-29/3674 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bank ustav kapitalining 0,001 foiz qo‘shimcha aksiyalari ommaviy savdolarga qo‘yilishi belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish