Mirazizova Shaxnoza Ulug‘Bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida aholi bandligini statistik baholashning uslubiy jihatlarini takomillashtirish”,
08.00.06 - Ekonometrika va statistika
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1679
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xotamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda aholining bandligini statistik baholashning uslubiy jihatlarini tadqiq etish va istiqbollarini prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo‘shagan xodimlar aylanmasi, xodimlar almashinuvi koeffisientlaridan foydalanish asosida iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar ta’sirida mehnat bozorida vujudga keluvchi nomutanosiblikning bandlikdagi qo‘nimsizlikka ta’sirini statistik baholashni takomillashtirish taklifi asoslangan;
mehnat bozoridagi aholi bandligi holatini o‘zaro omilli bog‘lanishlar asosida ko‘p omilli statistik tahlil qilishda ish beruvchining ishchi kuchiga sarflyagan xarajatlari miqdori ko‘rsatkichidan foydalanish asosida aholi bandligini statistik baholashni uslubiy jihatdan takomillashtirish asoslangan;
donor mintaqalar va resepient (qabul qiluvchi) mintaqalarda migratsiya ko‘lami va uning natijalarini statistik baholash imkoniyatini ta’minlash orqali ichki mehnat migratsiyasi bo‘yicha statistik kuzatishni takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotida band aholi soni o‘zgarishining ko‘p omilli modeli asosida 2030-yilga qadar o‘rta muddatli statistik prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi bandligi va ishchi kuchi salohiyatini zamonaviy statistik uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi, ishdan bo‘shagan xodimlar aylanmasi, xodimlar almashinuvi koeffisientlaridan foydalanish asosida iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar ta’sirida mehnat bozorida vujudga keluvchi nomutanosiblikning bandlikdagi qo‘nimsizlikka ta’sirini statistik baholashni takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 01/00–04/12–7209-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda bandlik holatini turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar orqali statistik baholash imkoniyatlari yaratilgan;
mehnat bozoridagi aholi bandligi holatini o‘zaro omilli bog‘lanishlar asosida ko‘p omilli statistik tahlil qilishda ish beruvchining ishchi kuchiga sarflyagan xarajatlari miqdori ko‘rsatkichidan foydalanish asosida aholi bandligini statistik baholashni uslubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan aholi bandligini statistik baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 01/00–04/12–7209-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda bandlik holatini milliy statistika tizimi faoliyatidagi yo‘nalishlarini baholash hamda axborotlar bazasini yaxshilash imkoni yaratilgan;
donor mintaqalar va resepient (qabul qiluvchi) mintaqalarda migratsiya ko‘lami va uning natijalarini statistik baholash imkoniyatini ta’minlash orqali ichki mehnat migratsiyasi bo‘yicha statistik kuzatishni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan aholi bandligini statistik baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil 6-noyabrdagi 01/1–12–17/2–256-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda bandlik holatini ko‘p omilli statistik tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotida band aholi soni o‘zgarishining ko‘p omilli modeli asosida ishlab chiqilgan 2030 yilga qadar o‘rta muddatli statistik prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan aholi bandligini statistik baholashning uslubiy asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023 yil 6 noyabrdagi 01/1–12–17/2–256-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat hududlarida bandlik holatini istiqboldagi |rivojlanish holatini statistik baholash imkoni yaratilgan.