Iskandarov Murod Lukmanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kapitalini iqtisodiy baholash mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1361
Ilmiy rahbar: Boboqulov To‘lqin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklarining sanoat korhonalarini kreditlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklarda sanoat korxonalarini kreditlash jarayonini optimallashtirish, kredit portfelining sifati va hajmini oshirish maqsadida tijorat banki filiallarini kredit operatsiyalari bo‘yicha yagona anderrayting tizimiga o‘tkazish taklifi asoslangan;
sanoat korxonalariga ajratilgan kreditlar va ulardan olinadigan foizli daromadlarning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikni kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz marjasini yillik biznes rejada belgilash orqali ta'minlash taklifi ishlab chiqilgan;
tijorat banki kredit portfeli o‘sishini optimallashtirish va kreditlarning kontsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini boshqarish maqsadida yirik qarzdorlarning qarz yukini tartibga solish, yirik qarzdorlarni kreditlash bo‘yicha cheklovlarni va qarz yuki darajasining ruxsat etilgan me’yorlarini belgilashni nazarda tutuvchi qarz yukini hisoblash tartibini ishlab chiqish taklif etilgan;
kreditlarning maqsadli ishlatilishi, muddatida qaytarilishi va muammoli kreditlar ulushini kamaytirish maqsadida masofaviy undirish koll-markazini tashkil etish, qarzdorlarning to‘lov intizomi va bank aylanmalari ko‘rsatkichlari tahlili asosida bank kredit portfelini yashil (0≤R1≤30 kun), sariq (31≤R2≤60 kun) va qizil (61≤R3≤90 kun) toifalarga ajratgan holda monitoring o‘tkazishning zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining sanoat korxonalarini kreditlash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda sanoat korxonalarini kreditlash jarayonini optimallashtirish, kredit portfelining sifati va hajmini oshirish maqsadida tijorat banki filiallarini kredit operatsiyalari bo‘yicha yagona anderrayting tizimiga o‘tkazish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2020 yil 28 avgustdagi 139-sonli buyrug‘i va Bank Boshqaruvining 2020 yil 11 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning kredit operatsiyalari bo‘yicha anderraytingni o‘tkazish to‘g‘risida»gi nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2022 yil 25 apreldagi 02/4-2614/36-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, mijozlarni kreditlash jarayoni optimallashtirildi, kreditlar bo‘yicha qaror qabul qilish tezligi                           2 barobarga oshirildi va Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki anderrayting tizimi kredit portfelining hajmi 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 3,4 martaga (112 410 mln.so‘mdan, 380 108 mln.so‘mgacha) oshdi;
sanoat korxonalariga ajratilgan kreditlar va ulardan olinadigan foizli daromadlarning o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikni kredit operatsiyalari bo‘yicha foiz marjasini yillik biznes rejada  belgilash orqali ta'minlash taklifidan Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvining 2020 yil 16 noyabrdagi 126-sonli qarori bilan «Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2021 yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2022 yil 25 apreldagi 02/4-2614/36-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tomonidan sanoat korxonalariga berilgan kreditlarning o‘sish sur’ati 2021 yilda 2020 yilga nisbatan 5,1 foizni, ulardan olingan foizli daromadlarni o‘sish sur’ati 5,5 foizni  tashkil etdi;
tijorat banki kredit portfeli o‘sishini optimallashtirish va kreditlarning kontsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini boshqarish maqsadida yirik qarzdorlarning qarz yukini tartibga solish, yirik qarzdorlarni kreditlash bo‘yicha cheklovlarni va qarz yuki darajasining ruxsat etilgan me’yorlarini belgilashni nazarda tutuvchi qarz yukini hisoblash tartibini ishlab chiqish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2020 yil 24 dekabrdagi 208-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Qarz yuki darajasini hisoblash va uni bankning kredit riskini kamaytirish uchun qo‘llash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2022 yil 25 apreldagi 02/4-2614/36-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining sanoat korxonalari kredit portfelida muammoli kreditlar hajmi 2021 yildagi 4,7 foizdan 2022 yilda 2,7 foizgacha  yoki  279 300 mln.so‘mga kamayishiga erishildi;
kreditlarning maqsadli ishlatilishi, muddatida qaytarilishi va muammoli kreditlar ulushini kamaytirish maqsadida masofaviy undirish koll-markazini tashkil etish, qarzdorlarning to‘lov intizomi va bank aylanmalari ko‘rsatkichlari tahlili asosida bank kredit portfelini yashil (0≤ R1≤ 30 kun), sariq (31≤R2≤ 60 kun) va qizil (61≤R3≤ 90 kun)  toifalarga ajratgan holda monitoring o‘tkazish taklifi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2022 yil 7 fevraldagi 97x-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Kreditlarni monitoring qilish va dastlabki undirish departamenti, masofaviy undirish koll-markazini»  tashkil etilishi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatida kreditlarni monitoring qilish va undirish tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki aktsiyadorlik jamiyatining 2022 yil 25 apreldagi 02/4-2614/36-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki kredit portfelida muammoli kreditlar hajmi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,51 foizga (4,46 foizdan 2,95 foizga) yoki 667 155 mln.so‘mga  kamayishiga, berilgan kreditlar va ularning ta'minoti bo‘yicha monitoring samaradorligini oshishiga  erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish