Alimbaev Bauirjan Kuralbaevichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda istiqbolli tovuq krosslaridan tadbirkor xo‘jaliklarida foydalanishning innovatsion texnologiyalari”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx939
Ilmiy rahbar: Ermatov Yusupbek Amirovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Uktam Xadjimuratovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolmatov Anvarjon Xakimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Parrandachilik fermer xo‘jaligi sharoitida “Lohmann brown-classic”, “Lohmann sandy” krosslariga mansub parrandalar mahsuldorligidan foydalanishning istiqbolli yoʻllarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududidagi fermer xo‘jaliklarida istiqbolli tovuq krosslarining tuxum mahsuldorligining shakllanishiga saqlash, oziqlantirish, darajasining ijobiy ta’siri aniqlangan;
“Lohmann brown-classic” krosslarida ozuqani yaxshi o‘zlashtirish xususiyati yuqori bo‘lganligi sababli “Lohmann sandy” krossllariga nisbatan 4 haftalik yoshida 18 grammga, 20 haftalikda 51,35 grammga va 20 haftalikda 208,15 grammga yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
tadbirkor xo‘jaliklarida “Lohmann brown-classic” va “Lohmann sandy” krossllarni ishlab chiqilgan to‘la qiymatli ratsion bilan oziqlantirish hisobiga bir yillik tuxum mahsuldorligi 314,2 va 319,4 donaga etkazish mumkinligi isbotlangan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida “Lohmann brown-classic” va “Lohmann sandy” krossllarni ishlab chiqilgan to‘la qiymatli ratsion bilan oziqlantirish hisobiga so‘yim vazni 1433,2 va 1170,8 g ga, so‘yim chiqimini 75,4 va 72,9 foizga etkazish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda istiqbolli tovuq krosslaridan tadbirkor xo‘jaliklarida foydalanishning innovatsion texnologiyalari yoʻnalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Fermer xo‘jaliklarida tuxum etishtirishning innovatsion texnologiyalari Qoraqalpog‘iston respublikasi Ellikqal’a tumani “Nurummat Qurbanov” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 10-iyul 33/01-09-383-son ma’lumotnomasi). Natijada 72 xaftalik davrida tuxum massasi 0,31-0,35 g ga, tovuqlarning saqlanuvchanligi 1,2 foizga oshgan. “Lohmann brown-classic” krossga mansub tovuqlarda tuxum etishtirishning rentabellik darajasi 18,3 va “Lohmann sandy” tovuqlarida 13,6 foizni tashkil etgan.
Fermer xo‘jaliklarida tuxum etishtirishning innovatsion texnologiyalari Qoraqalpog‘iston respublikasi Ellikqal’a tumani “Bo‘ston chicken” xususiy korxonasida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 10-iyul 33/01-09-383-son ma’lumotnomasi). Natijada 12 oydagi tuxum mahsuldorligi “Lohmann brown-classic” krosslarida 311,6 dona, “Lohmann sandy” krossida 318,2 donani tashkil etgan. Tovuq krosslaridan tuxum ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi 11,1 va 13,2 foizni tashkil qilgan.
Fermer xo‘jaliklarida go‘sht etishtirishning innovatsion texnologiyalari Qoraqalpog‘iston respublikasi Taxiatosh tumaniga qarashli “Yangi zamon xo‘jayli” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023-yil 10-iyul 33/01-09-383-son ma’lumotnomasi). Natijada 80-haftalik davrida “Lohmann brown-classic” krossiga mansub tovuqlarda tirik vazni 1870,6 g ni, “Lohmann sandy” tovuqlarida 1598,3 g ga teng bo‘lgan. “Lohmann brown-classic” va “Lohmann sandy” krosslaridan go‘sht etishtirishnining iqtisodiy samaradorligi 26,1 va 21,6 foizni tashkil qilgan.