Murtozova Sahodat Bo‘rievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston musiqa madaniyatidagi transformatsiya jarayonlari”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tar125.

Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi,  IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.

Rasmiy opponentlar: Xojiakbar Xamidov, tarix fanlari doktori, professori Ishanxodjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.

II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillarida O‘zbekiston musiqa madaniyatidagi transformatsiya jarayonlarini yangicha yondashuvlar asosida ochib berishdan iboratdir.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Rossiya imperiyasi davrida Turkiston o‘lkasiga Evropa musiqa madaniyatini kirib kelishi va transformatsiya jarayonlari, Buxoro amirligi, Xiva xonligidagi an’anaviy musiqa madaniyati va undagi o‘zgarishlar (tanbur nota chizig‘i yaratilganligi, Buxoro amiri qo‘shini orkestri faoliyati) ochib berilgan;

xonliklarda saroy musiqachilari hayoti, ustoz-shogird an’analarining rivojlanganligi va bu davrda ilk bor mumtoz musiqa notalar orqali ijro etilganligi isbotlangan;

Turkistonda ilk musiqiy to‘garaklar va jamiyatlarning tashkil etilishi, maqom namoyandalari, yallachilar ijodi gramplastinkalarga yozilib, xalq qo‘shiqlari notalashtirilib, bu kabi ma’lumotlar xorijiy nashrlarda chop etilganligiga doir ma’lumotlar aniqlangan;

sovet davrida musiqa madaniyatidagi transformatsiya jarayonlarining mohiyati yangi janrlar (musiqali drama, opera, simfoniya, estrada, jaz)ning kirib kelishi va bu yo‘nalishlarda milliy musiqadan foydalanilganligi, baxshi-shoirlar ijodi, musiqa ta’limi uch bosqichda tashkil etilib, milliy va Evropa musiqasi uyg‘unlikda olib borilganligi isbotlangan.

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekistonda XIX asr oxiri – XX asrning 80-yillari musiqa madaniyati tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

O‘zbekistonda XX asr milliy madaniy merosga munosabat, an’anaviy xalq ijodining baxshichilik san’ati yo‘nalishiga nisbatan yondashuvi, Ikkinchi jahon urushi yillarida faoliyat olib borgan teatr va ijodiy jamoalar faoliyati, mustaqillik sharoitida madaniyatning holati kabi natijalaridan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilgan OT-F8-211 raqamli “XX asr O‘zbekiston madaniyati tarixi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 11 oktyabrdagi FTA-02-11/842-son ma’lumotnomasi). Bu mustaqillik sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda musiqa madaniyatining rolini ko‘rsatishga xizmat qilgan;

musiqa madaniyatining milliy qadriyatlarni tarkib toptirishdagi o‘rni, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi fol`klor an’analaridan xalq og‘zaki ijodini rivojlantirishga doir natijalardan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi ssenariy, ko‘rsatuv va eshittirishlarini shakllantirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2017 yil 20 oktyabrdagi 12-09-898-son ma’lumotnomasi). Bu yosh avlodni milliy-madaniy merosni e’zozlash ruhida tarbiyalashga hamda aholi ma’naviy-ahloqiy, madaniy darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan;

tadqiqotning O‘zbekistonda sovet hokimiyati yillarida musiqa madaniyati sohasidagi siyosat va uning mazmuni, milliy musiqa madaniyati an’analarining rivojlanishi: mafkuraviy ta’sir va milliy uslub, O‘zbekistonda musiqa ta’limining yutuq va muammolari, O‘zbekistonda boshlang‘ich va o‘rta maxsus musiqa ta’lim tizimining yo‘lga qo‘yilishi kabi natijalardan Qashqadaryo viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi ekspozisiyalarining “Qarshi mustaqillik yillarida”, “XX asr Qashqadaryo musiqa tarixi”, “Voha baxshi-shoirlar ijodi”, “Qarshi san’at bilim yurti” mavzuidagi bo‘limlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 23 apreldagi 01-11-08-2804-son ma’lumotnomasi). Bu aholi va talaba-yoshlarning voha san’ati va bu erda faoliyat olib borgan madaniy soha fidoyilarining xizmatlarini chuqur anglashiga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish