Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarga
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarga

 


Dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lonlarni hamda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha attestatsiya ishlarini qabul qilish bo‘yicha «Dissertatsiya himoyasi haqidagi e’lonlar dasturiy moduli», «Ilmiy darajalar kompleks-tahliliy axborot tizimi», «Ilmiy unvonlar kompleks-tahliliy axborot tizimi», «Bir martalik ilmiy kengash tuzish bo‘yicha hujjatlarni taqdim qilish dasturiy moduli» va «Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha hujjatlarni taqdim qilish dasturiy moduli» dasturiy tizimlarida 2023 yil 21 dekabrdan 2024 yil 5 yanvarga qadar dasturiy-texnik va profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan mazkur muddat tegishli attestatsiya ishlari va hujjatlarni OAKga taqdim etish muddatlarini hisoblashda e’tiborga olinadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish