Rayxonov Shuhrat Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Burg‘ilash uskunalarining yoqilg‘i-energiya sarflarini kamaytiruvchi texnik echimlarni ishlab chiqish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3270.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Rashid Olimovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xaqberdiev Alim Latipovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burg‘ilash uchun energiya va yoqilg‘i tejovchi energiya-texnologik kompleksini ishlab chiqish asosida burg‘ilash uskunalarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
burg‘ilash uskunasining ichki yonuv dvigatelini issiqligini foydali utilizatsiya qilish qurilmasining issiqlik almashtirgichida hosil qilinadigan issiqlik oqimining harorati va quvvati ikkilamchi issiqlik tashuvchining sarfiga va dvigatelning yuklamalariga bog‘liqligi aniqlangan;
burg‘ilash uskunasining ikkilamchi energiya resurslarini foydali utilizatsiya qilish qurilmasining foydali ish koeffisientining yuqori ko‘rsatkichlari dvigatel yuklamalarining 50-75% kattaliklari oralig‘ida ta’minlanishi aniqlangan;
burg‘ilash uskunasi va kompressorning ikkilamchi energiya resurslarini foydali utilizatsiya qilish qurilmasining issiqlik quvvatini va issiqlik almashtirish qurilmasini texnologik ko‘rsatkichlarini hisoblash imkonini beruvchi metodika ishlab chiqilgan;
burg‘ilash uskunasi va kompressorning ikkilamchi energiya resurslarini foydali utilizatsiya qilish qurilmasida qo‘llanilgan ejeksiyali soploning samaradorligi ejeksiyalovchi oqimning bosimiga bog‘liqligi o‘rnatilgan hamda ejeksiyalovchi oqim bosimining 0,6 MPa dan yuqori ko‘rsatkichlarida dvigatelning yoqilg‘i sarfi 12% gacha kamayishini ta’minlanishi aniqlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Burg‘ilash uskunalarining yoqilg‘i-energiya sarflarini kamaytiruvchi texnik echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
burg‘ilash uskunalarining dizel elektr stansiyalaridan ajraladigan issiqlikni utilizatsiya qilish qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qolmaqir» kon boshqarmasi «Qolmaqir» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 09-23/01-1540-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik va maishiy ehtiyojlarga ishlatish mumkin bo‘lgan 108 MDj/soat miqdorida issiqlik oqimini olish imkonini bergan;
burg‘ilash uskunasining ichki yonuv dvigateli tutun gazlarining qarshiligini kamaytiruvchi soplo «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qolmaqir» kon boshqarmasi «Qolmaqir» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 09-23/01-1540-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki yonuv dvigateli yoqilg‘i sarfini 8-10% gacha kamaytirish imkonini bergan;
Termoelektr generatorli blok qurilmasi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ «Qolmaqir» kon boshqarmasi «Qolmaqir» konida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2023 yil 4 sentyabrdagi 09-23/01-1540-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki yonuv dvigateli tutun gazlari issiqligidan 0,9 kVt/soat elektr energiyasini olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish