Mavlanov Shavkat Murtazaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ma’naviy transformatsiyasi», 23.00.03–Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos58.
Ilmiy rahbar: Quranbaev Qahramon Qo‘chqorovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ma’naviy transformatsiyasini siyosiy madaniyat va mafkura nuqtai nazardan yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy transformatsiya siyosiy hodisa sifatida baholanib, uning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi in’ikosi, siyosiy kategorial asoslarini aniqlashga qaratilgan yangi yondashuv ilgari surilgan;
ma’naviy transformatsiya jarayon sifatida olinib, uning mental xususiyatlari va paradigmal o‘zgarishlari bugungi siyosiy voqelikka tatbiqan ochib berilgan;
ma’naviy transformatsiyaning ichki va tashqi dinamikasi tamoyillari, texnologiyalari asoslanib, jamiyatning ma’naviy-axloqiy yangilanishining siyosiy xususiyatlari ochib berilgan;
O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-ma’naviy hayotini isloh qilishdagi o‘rni ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy qadriyatlarning rivojlanish kontekstida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ma’naviy transformatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Sharq va G‘arb davlatlarida ma’naviy sohani rivojlantirishga doir xulosalardan 2016-2017 yillarda amalga oshirilgan amaliy tadqiqodlar davlat grantlari loyihasi doirasida, jumladan BMV-F 1-003 raqamli “Sharq renessansi davri allomalari va mutafakkirlari asarlarining ilmiy-falsafiy va badiiy-lingvistik tadqiqi” mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan. Shuningdek, yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishdagi istiqbolli vazifalar, muammolar va ularning echimlariga bag‘ishlangan xulosalar, amaliy takliflardan I-2016-1-33 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” mavzusidagi davlat grantini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2017 yil 30 noyabrdagi 02/03-1195-son ma’lumotnomasi). Mazkur dissertatsiya natijalaridan Markazning ish rejasi hamda ilmiy grant dasturida foydalanishi, amaliyotga joriy etilishi xalqimizning ma’naviyat sohasidagi islohotlarga doir bilimlarining yanada oshishi va bu boradagi ilmiy-nazariy qo‘llanmalar, tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar transformatsiyalashuvini siyosiy jihatdan baholash, ilmiy-konseptual tahlil qilishga bag‘ishlangan takliflar asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining turli seminarlari, targ‘ibot materiallari, debat va davra suhbatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy rejalarni bajarishda foydalanigan. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2017 yil 15 noyabrdagi 04-13/1932-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida yoshlarning mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni anglash, yoshlarga oid davlat siyosatining mazmuni, ayniqsa ularning ma’naviy-madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning saviyasi, ta’sirchanligi, amaliy ahamiyatining ortishiga olib keldi.