Erkinov Farrux Botir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Avtomobil yo‘l chiziqlari uchun mahalliy xomashyolar asosida shisha mikrosferalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3837.
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01
Rasmiy opponentlar: Iskenderov Axmed Maksedbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Gulamova Dilbar Djuraevna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xom-ashyolar asosida yo‘l chiziqlari uchun funksional va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega shisha mikrosferalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jeroy kvars qumining kimyoviy-mineralogik tarkibi (SiO2 - 97,72 %; Fe2O3 - 0,12 %) aniqlanib, meyoriy xususiyatlarga ega mahsulotlar olish uchun tasniflash, ottirka, magnitli separatsiya, flotatsiya va kimyoviy ishlov berishning kompleks boyitish tizimi asoslangan;
Jeroy kvars qumini fizik-kimyoviy usulda chuqur boyitishning o‘ziga xos texnologik jixatlarini ishlab chiqish natijasida, Fe2O3-0,01% ga tushirish, SiO2 miqdorini 99,37 % ga oshirish imkonini beruvchi texnologiya yaratilgan;
SiO2-Al2O3-Na2O, SiO2-CaO-K2O va SiO2-Al2O3-K2O tizimlarida shisha hosil bo‘lish shartlari aniqlanib, mahsulot fizik-kimyoviy xususiyatlarining shisha omixtasi tarkibidagi komponentlarga bog‘liqligi asoslangan;
shisha mikrosferalar hosil bo‘lishida yuqori nur sindirish ko‘rsatgichi, ishqalanishga bardoshliligi, sfera hosil bo‘lish shartlari va bu xususiyatlarga shisha tarkibdagi komponentlarning ta’sir mexanizmi asoslanib, sfera hosil bo‘lish jarayonini osonlashtirish uchun shisha sirt tarangligining qiymati kamida 350 mN/m bo‘lishi, sfera hosil bo‘lish vaqtini tezlashtirish uchun shisha qovuqshqoqligi o‘zgarishining harorat diapazoni 104 Pas dan 108 Pas gacha 225 oC ni tashkil etishi kerakligi isbotlangan;
kvars qumi, dolomit va potash kabi mahalliy xom ashyolarga ishlov berish asosida yo‘l chiziqlari uchun funksional va yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega shisha mikrosferalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chuqur boyitilgan mahalliy xomashyolardan yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega shisha mikrosferalar olish va ularni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
SiO2-Al2O3-Na2O, SiO2-CaO-K2O va SiO2-Al2O3-K2O tizimlarida shisha omixtasi olish texnologiyasi «Valley color» XK ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2023 yil 21 avgustdagi 05/15-1665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shisha mikrosferalar nur sindirish koeffisientini 1,55 dan yuqori qiymatga, nur o‘tkazishini 92 % ga oshirish imkonini bergan;
kvars xomashyosini fizik-kimyoviy usullar bilan boyitish texnologiyasi «Valley color» XK ishlab chiqarish amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi» ning 2023 yil 21 avgustdagi 05/15-1665-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyolar asosida mahsulot tan narxi 25-30 % ga arzonlashtirilgan yuqori optik hamda mexanik xususiyatlarga ega shisha mikrosferalar ishlab chiqarish imkonini bergan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish