O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida OAKda 4-6 dekabr sanalarida faoliyatda ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda OAK faoliyati haqida qisqa tanishuv, OAKning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida ma’lumotlar, OAK faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan faoliyatga oid savollarga javob berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) mas’ul xodimi (B.Narimanov) ishtirok etib (6.12.2023 y., 11:00), u yangilangan konstitusiyaning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar, konstitusiyaga kiritilgan inson qadrini oshirishda qaratilgan yangi bandlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Taqdimot so‘ngida ishtirokchilar tomonidan qiziqtirilgan savollar berildi.
O‘tkazilgan tadbirda (6.12.2023 y., 15:00) Korrupsiyaga qarshi kurashish  agentligi mas’ul xodimi (S.Mamanov) ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Taqdimot so‘ngida ishtirokchilar tomonidan qiziqtirilgan savollar berildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ilmiy kotiblar (4.12.2023 y.),  pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarning raislari (5.12.2023 y.) hamda oliy ta’lim va ilmiy tashkilot vakillari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, himoya jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazildi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish