O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023 yil 23 avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida  OAK faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkaziladi.

Tadbir  joriy yilning 4-6-dekabr sanalarida OAK binosida bo‘lib o‘tadi.

Oliy attestatsiya komissiyasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
 “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri reglamenti

Vaqt

Amalga oshiriladigan tadbirlar

04.12.2023 y.

14:00-14:40

Ilmiy kotiblar ishtirokida dissertatsiyalar himoyasini amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashish, himoya jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazish

14:40-15:00

Savol-javoblar

05.12.2023 y.

14.00-16.00

Pedagogika fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlarning raislari ishtirokida dissertatsiyalar himoyasini amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashish, dissertatsiya himoyasi jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazish

16:00-17:00

Savol-javoblar

06.12.2023 y.

11:00-11:15

OAK faoliyati haqida qisqa tanishuv

11:15-11:45

OAKning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati haqida ma’lumot

11:45-12:10

OAK faoliyatining ochiqligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot

12:10-12.30

Savol-javoblar

06.12.2023 y.

15:00-16.00

Oliy ta’lim va ilmiy tashkilot vakillari ishtirokida  dissertatsiyalar himoyasini amalga oshirishda korrupsiyaga qarshi kurashish, himoya jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha davra suhbati

Yangiliklarga obuna bo‘lish