Xolturaev Baxriddin Jumaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Polimer tarkibli bioparchalanadigan qon to‘xtatuvchi vosita: olinishi, tuzilishi, xossalari», 02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K434.
Ilmiy rahbar: Sarimsoqov Abdushkur Abduxalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/FM/T.36.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor; Chulpanov Komiljon Aminjonovich, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sellyuloza hosilalari va kalsiy ionlari kompozisiyasi asosida yuqori qon to‘xtatish xususiyatlarga ega, bioparchalanuvchan gemostatik kompozitlar yaratish, ularning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy va tibbiy-biologik xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori tozalikdagi NaKMS asosida kislotali muhitda NaHKMS sopolimeri olingan, namunalarning tarkibi, xossalari va tuzilishi aniqlangan;
sellyulozani natriy gipoxlorit va vodorod peroksid bilan oksidlash orqali OS olish qonuniyatlari tadqiq etilgan va olish jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
sellyuloza hosilalari va kalsiy xlorid asosida kukunsimon va plyonka shaklidagi, bioparchalanuvchan gemostatik preparat olingan, preparat olish sharoitlarining ilmiy va amaliy asoslari yaratilgan;
sellyuloza hosilalari va kalsiy xlorid asosida qon to‘xtatish xususiyatiga ega bo‘lgan, bioparchalanuvchan kukunsimon va plyonka shaklidagi “Geprosel” gemostatik preparatini olish texnologiyasi yaratilgan va preparatning jarrohlik amaliyotida qon to‘xtatish xususiyatining yuqori samaradorligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Polimer tarkibli bioparchalanadigan qon to‘xtatuvchi vosita: olinishi, tuzilishi, xossalari” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bioparchalanuvchan qon to‘xtatuvchi jarroxlik vositalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (IAP 005906, 30.07.2019 y.). Natijada sellyuloza hosilalari (shu jumladan, NaHKMS, OS, NS) va kalsiy xlorid asosida yuqori qon to‘xtatish xususiyatiga ega bo‘lgan “Geprosel” gemostatik preparatini olish imkonini bergan;
sellyuloza hosilalari (shu jumladan, NaHKMS, OS, NS) va kalsiy xlorid asosida yaratilgan “Geprosel” gemostatik preparati O‘zR SSV akademik V.Voxidov nomidagi RIJITM tomonidan 2015-2017 yillarda bajarilgan ADSC-15.3.7 “Jarrohlikda to‘qimalarning mustahkamligi oshirish va samaradorligini baholash” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (O‘zR SSV RIJIMTM ning 2021 yil 21-sentyabrdagi 796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Geprosel” gemostatik preparati jigar jarohatlarida qon ketishini oldini olishda qo‘llash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish