Esemuratov Perdebay Tursinovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston respublikasi sharoitida tuyalarning (gamelus bactrianus) mahsuldorligini takomillashtirish”, 06.02.03 – Xususiy zootexniya. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Qx803
Ilmiy rahbar: Xolmirzaev Dustmuxammad, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, PhD05/12.2019.Qx.75.01.
Rasmiy opponentlar: Turganbaev Ruzimbay Urazbaevich, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, professor; Qurbonova Shaxnoza Ergashevna, qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ikki o‘rkachli (G. bactrianus) tuyalarning mahsuldorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ikki o‘rkachli (G. bactrianus) tuyalarning 18 oylikdagi jun mahsuldorligi erkak tuyalarda 3,76 kg, urg‘ochilarida 3,38 kg boʻlishi aniqlangan;
tuyalar jun mahsuldorligi ularni saqlash hududlariga va ozuqabop oʻsimliklarning miqdoriga bog‘liq boʻlishi, Ustyurtning shimoliy qismida 3,3-11,4% yuqori va Ustyurtning markaziy qismida 4,3% va Qo‘shbuloq qismida 9,4% kam jun qirqimiga ega boʻlishi aniqlangan;
tuyalarning yoshi ortgan sari ularning sut mahsuldorligi oshishi hisobiga 3-5 tug‘im yoshidagi laktatsiyasida sut miqdori 827,4 kg ni tashkil etishi, 6-8 tug‘im yoshida 10,2%, 9-11 tug‘im yoshiga 8,1% yuqori boʻlishi isbotlangan;
semizlik darajasi o‘rtadan past bo‘lgan tuyalarni qo‘shimcha oziqlantirishdan keyin urg‘ochi tuyalarda 18-oylikda jun miqdori 17,7%, 30-oylikda 18,9% va 42 oylikda nazoratga nisbatan 16,6% yuqori boʻlishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston sharoitida bir o‘rkachli tuyalarning mahsuldorligini oshirish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
ikki o‘rkachli tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirishda, mahsuldorlik imkoniyatlarini oshirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani «Ata-Mura» fermer xo‘jaligida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 23 martdagi 33/01-04-152 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada erkak tuyalarda 18-oylikda jun ishlab chiqarish rentabelligi 35,7%, 30-oylikda 58,6% va 42 oylikda 68,3%, urg‘ochi tengqurlarida 22,1%; 39,1% va 58,1% ga teng bo‘lib, jun mahsuldorligining sifati oshishi hisobiga jun narxi 10-12 ming soʻmga oshishiga erishilgan.
ikki o‘rkachli tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mahsuldorlik imkoniyatlarini takomillashtirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Qoniratli aq niet” fermer xo‘jaligida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 23 martdagi 33/01-04-152 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada jun mahsuldorligi o‘rtacha bir boshga 8-9% ga oshishiga hamda jun miqdorining va sifatining qo‘shimcha oziqlantirish hisobiga har bir bosh tuyadan olinadigan jun 8-10 ming so‘mga oshishiga erishildi.
ikki o‘rkachli tuyalarning biologik va mahsuldorlik xususiyatlari o‘rganish va seleksion imkoniyatlarini oshirish usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani «Nurtilek-Qaraozek» fermer xo‘jaligida joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2023 yil 23 martdagi 33/01-04-152 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada sut ishlab chiqarishda  rentabellik darajasi yoshi kesimida 3-5 tug‘im yoshidagi tuyalarda 29,9%, 6-8 tug‘im yoshidagilarda 39,5% va 9-11 tug‘im yoshidagilarda esa, 37,7% ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish