Nazarov Furkatjon Abdulfayzovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha taqdimnoma himoyasi haqida
E’LON

I.Umumiy ma’lumotlar.
Tadqiqot mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xom ashyolar asosida
antipiren-antiseptik oligomerlarni olish va ularni yog‘och materiallarini olovbardoshligini oshirishda qo‘llash”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi  tadqiqot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1693.
Ilmiy rahbar: Nurqulov Fayzulla Nurmuminovich, texnika fanlari doktori, professor.
Tadqiqot bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Tadqiqot yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy xom ashyolar asosida antipiren-antiseptik oligomerlarni olish va yog‘och materiallarini olovbardoshligini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mochevina va ortofosfor kislota addukti, rux borat, ammoniy sulfat, treftal kislota hamda rux oksiddan iborat kimyoviy birikmalarini oligomerlanishi asosida yog‘och qurilish materiallarni olovbardoshligi va biologik samaradorligini oshiruvchi antipiren-antiseptiklar tarkiblar olingan;
antipiren-antiseptik tarkiblar bilan yog‘och materiallarga ishlov berilib ularni olovbardoshlik va tashqi ta’sirlardan himoyalash natijasida qurilish konstruksiyalarining ctatik egilishdagi mustahkamligi 80,3 MPa, biologik barqarorligi 1-ballga yaxshilanganligi amaldagi standart talablar asosida samaradorlik parametrlari aniqlangan;
antipiren-antiseptik tarkiblar bilan 40-45oS haroratlarda ishlov berishda cho‘tka va purkash yordamida ishlov berilganda 0,30 kg/m2 ni, yog‘och namunalariga 1-2 atmosfera bosimda ishlov berilganda 0,15 – 0,20 kg/m2 antipiren-antiseptik sarfi tashkil etishi, taklif etilayotgan tarkiblarning yaroqlilik muddati 5-7 yilgacha ekanligi, ushbu tarkiblarning 1-guruxga kiritish mumkinligi aniqlangan.
mahalliy xom ashyolar asosida yangi antipiren-antiseptik tarkiblarni
95-olishda 100 oS haroratda 3,5 soat davomida katalizator bilan oligomerlash reaksiyasi ta’sirini berish orqali ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Yog‘och materiallarni olovbardoshligini oshirish uchun mahalliy xom ashyolar asosidagi yangi antipiren-antiseptik oligomerlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
antipiren-antiseptik tarkiblar yog‘och konstruksiyalarni olovbardoshligi, tashqi omillar ta’siridan himoyalash maqsadida, yangi qurilayotgan bino va inshootlarni loyihalash uchun “O‘zog‘irsanoatloyiha” institutiga tatbiq etildi (2023-yil
19-sentyabrdagi 7/777-son dalolatnoma). Natijada yog‘och materiallarni olovbardoshligini oshirish uchun mahalliy xom ashyolar asosidagi yangi antipiren-antiseptik oligomerlar olish mumkunligi aniqlandi.
antipiren-antiseptik tarkiblar bilan ishlov berish orqali yog‘och materiallarning yong‘inbardoshligini oshirish va tashqi ta’sirlardan himoyalash, qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini oshirish, zarba va buzilish holatlarining oldini olish maqsadida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023-yil 22-sentyabrdagi 6/4/36-2749-son ma’lumotnoma). Natijada, olovbardosh va tashqi omillarga barqaror yog‘och materiallari olish uchun polifunksional xususiyatga ega antipiren-antiseptiklar ishlab chiqarish imkonini beradi;
    Natijada, yangi olingan antipiren-antiseptik tarkiblar yog‘och qurilish materiallarni olovbardoshligini 15-25% gacha, tashqi omillar ta’siridan  85-90% gacha himoyalash imkoni berishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish