Turdiev Sardor O‘tkir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etadigan texnik vosita va usullarini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi ixtisosligida dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2970.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Baxrom Toshmuratovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi DSc.40/29.12.2022.T.129.01 raqamli Ilmiy kengashi.
Rasmiy opponentlar:
Baxodirov Azizbek Abdulazizovich – “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, texnika fanlari doktori, professor;
Maxkamov Nurmuxammad Yangibaevich – O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra professori, t.f.n., professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax poletexnika instituti.
    II. Tadqiqotning maqsadi: Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etadigan texnik vosita va usullarini takomillashtirish.
    III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
taklif etilayotgan yangi namunadagi yong‘in o‘chirish texnikasi kelgusida yong‘in o‘chog‘iga o‘chirish vositalari suv yoki ko‘pik moddalarini samarali uzatilishini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan amaliy sinov natijalariga asosan yoqilg‘i tejamkorli, qulayligi, sodir bo‘lgan yong‘inlarni tezkor  o‘chirish imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
yong‘in o‘chirish texnikasi orqali o‘tkazilgan tajriba jarayonlarida sodir bo‘lgan yong‘inni  samarali o‘chirish maqsadida uzunligi 100 ± 2 sm, eni 100 ± 2 sm va balandligi 20 ± 2 sm li tajriba idishida (protiven`da) yong‘inni o‘chirish vaqtining o‘rtacha ko‘rsatkichi 45 soniyani tashkil etishi ilmiy jihatdan isbotlangan;
taklif etilayotgan yong‘in o‘chirish texnikasi asosan yong‘in o‘chog‘iga ko‘pik yoki suvli o‘chirish vositalarini etarli jadallilik va karraliligini ta’minlagan holda uzoq masofaga uzatilishi, yong‘in–qutqaruv bo‘linmalarining tezkorligi va taktik-texnik ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘zgarishi evaziga maskanlardagi yong‘inlarni tezkor barataraf etishga sarflanadigan vaqtning muayyan darajada qisqartirish borasida ilmiy asoslangan natijalar olingan;
yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan boshqaruvni ta’minlash, muayyan usul bilan yong‘inni qurshab olish vaqti va yong‘in o‘chirish jarayonida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan taklif etilayotgan yong‘in o‘chirish texnikasi orqali tezkor-taktik harakatlarni amalga oshirish usullari, kuch va vositalarining yoyilishiga xalaqit bermasligi va zaruriyat tug‘ilganda zudlik bilan foydalanishga safarbar qilish imkoniyatini paydo qilish usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yong‘in o‘chirish texnik vositalari va usullarini takomillashtirish orqali yong‘inlarni o‘chirish samaradorligini oshirish borasida olingan ilmiy natijalar bo‘yicha:
yangi namunadagi yong‘in o‘chirish avtomobilida o‘chirish vositalari bo‘lgan suv yoki ko‘pik moddalarining samarali uzatish imkoniyati, ko‘pikli aralashmaning sarfi, ko‘pik jadalliligi, karraliklarining xususiyatlari sinovdan o‘tkazilganligi va yong‘in o‘chirish texnikasini amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risidagi Navoiy viloyati FVBning 2023 yil 20 yanvar` kunidagi 6/4/38-211-sonli ma’lumotnomasi. Taklif etilayotgan yangi namunadagi yong‘in o‘chirish texnikasining iqtisodiy samaradorligini baholash usullarini ishlab chiqarilishiga sarflangan harajatlarni aniqlagan holda yillik sarf harajatlarning miqdorini aniqlanishiga erishilganligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2023 yilning 24 yanvar` kunidagi 433–sonli ma’lumotnomalari olingan.
Natijada yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan boshqaruvni ta’minlash, muayyan usul bilan yong‘inni qurshab olish vaqti va yong‘in o‘chirish jarayonida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan taklif etilayotgan yong‘in o‘chirish texnikasi orqali tezkor-taktik harakatlarni amalga oshirish usullari, kuch va vositalarining yoyilishiga xalaqit bermasligi va zaruriyat tug‘ilganda zudlik bilan foydalanishga safarbar qilish imkoniyatini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish