Mahmudov G‘iyosjon Baqoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Murakkab boyitiladigan oltin tarkibli sulfidli madanlarni bakteriyali oksidlash jarayonini intellektual boshqarish tizimlarini ishlab chiqish», 05.01.08 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3288.
Ilmiy rahbar: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Sevinov Jasur Usmonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Davron Abdialimovich.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli noaniqliklar sharoitida murakkab boyitiladigan oltin tarkibli sulfidli madanlarni bakteriyali oksidlash jarayonini intellektual boshqarish tizimlarini ishlab chiqish orqali boshqarish sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovutuvchi suv sarfining bioreaktordagi haroratga bog‘liqligi asosida murakkab boyitiladigan oltin tarkibli sulfidli madanlarni bakteriyali oksidlash jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
dastlabki ma’lumotlarning noravshanligi sharoitida bioreaktordagi haroratni rostlashda uchburchakli tegishlilik funksiyasini qo‘llash orqali noravshan-mantiqiy rostlagichning imitatsion modeli ishlab chiqilgan;
oltin tarkibli sulfidli madanlarni bakteriyali oksidlash jarayonini boshqarish tizimi uchun noravshan rostlagichning fazzifikatsiyalash va defazzifikatsiyalash bloklari va kiruvchi lingvistik o‘zgaruvchilaridan foydalanib, Mamdani algoritmi asosida qoidalar bazasi shakllantirilgan;
bioreaktorlar tizimini samarali boshqarish imkonini beruvchi noravshan rostlagichni imitatsion modellari va tarkibiy elementlarining funksional strukturaviy sintezi asosida intellektual boshqarish tizimini strukturaviy sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Murakkab boyitiladigan oltin tarkibli sulfidli madanlarni bakteriyali oksidlash jarayonini intellektual boshqarish tizimlarini ishlab chiqish natijalari asosida:
dastlabki ma’lumotlarning noravshanligi sharoitida bioreaktordagi haroratni rostlashda noravshan-mantiqiy rostlagich asosidagi intellektual boshqarish tizimi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ga tegishli 3-GMZ da joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ning 2023-yil 31-avgustdagi 01-01-05/1179-son ma’lumotnomasi). Natija bakteriyali oksidlash jarayonini noaniqliklar sharoitida boshqarishning sifat ko‘rsatkichlari oshishiga imkon bergan.
noravshan rostlagichning imitatsion modellari va tarkibiy elementlarining funksional strukturaviy sintezi asosida qurilgan intellektual boshqaruv tizimining dasturiy ta’minoti Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ga tegishli 3-GMZ da joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ning 2023 yil 31 avgustdagi 01-01-05/1179-son ma’lumotnomasi). Natija bakteriyali oksidlash jarayonining kirishidagi sovituvchi suv sarfini rostlash hisobiga bioreaktordagi harorat rejimlarini stabillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish