Beglerbekov Rasul Jubatxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Obektlarni tasniflashda belgilarni muhimligini baholash algoritmlari», 05.01.03 – «Informatikaning nazariy asoslari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2829
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Nishanov Axram Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSC.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nomaz, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Sherzod Shavkatovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Obyektlarni tasniflashda informativ belgilar majmualarini tanlash, belgilarning muhimligini baholash va shakllantirilgan belgilar fazosida o‘quv tanlanma sinflari ob’ektlarining o‘zaro etarlicha o‘xshashlik darajalarini aniqlash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ob’ektlarni tasniflashda informativ belgilar majmualarini tanlash va tasniflash algoritmlari asosida o‘quv tanlanma sinflari ob’ektlarining o‘xshashlik darajalarini aniqlashda belgilar muhimligini baholash mezonlar shakllantirilgan;
ob’ektlarni tasniflash tizimlarining aniqligi va samaradorligini oshirishi asosida qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi baholarni hisoblash algoritmlari takomillashtirilgan;
bo‘sag‘aviy qiymatlar matritsasi asosida tanlanma ob’ektlarining muhimlik darajalarini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
sinflashtirish matritsasi asosida informativ belgilar majmualarini tanlash qoidalari hamda algoritmlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: poliz ekinlari turlarini hududlar bo‘yicha tasniflash, informativ belgilar majmualarini tanlash usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy ta’minot asosida:
qovun navlarini hududlar bo‘yicha tasniflashda takomillashtirilgan baholarni hisoblash algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Amudaryo tumani «Ismailov Maratjon» nomli fermer qishloq xo‘jaligida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jalig‘i vazirligining 2022-yil 7-oktyabrdagi 02/013-2868-sonli ma’lumotnomasi). Natijada parametrlar majmuasi 28 tadan 6 ta informativ belgilar majmuasiga olib tushilgan hamda sinf ob’ektlari orasidagi o‘zaro o‘xshashlik darajalari 70%ga, hududlashtirishdagi samaradorlik darajasi esa 4,5 martaga oshirish imkonini bergan;
qovun navlari ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishda sinflashtirish, informativ belgilar majmualarini tanlash va sinflashtirish(tasniflash) samaradorligini baholashning usul va algoritmlari asosida ishlab chiqilgan – «Bo‘sag‘aviy qiymatga asoslangan ob’ektlarni sinflashtirish» va «Poliz ekinlari turlarini hududlar bo‘yicha tasniflash, noinformativ belgilari majmualarini tanlash va ularning dasturiy majmuasi» Amudaryo tumani «Ismailov Maratjon» nomli fermer qishloq xo‘jaligida(Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jalig‘i vazirligining 2022 yil 7-oktyabrdagi 02/013-2868-son ma’lumotnomasi). Natijada qovun navlarini davlat reestri bo‘yicha hududlashtirilgan 54 ta navlari asosida 108 ta navni hududlar bo‘yicha 10 ta guruhga ajratilgan va har bir guruh ob’ektlari orasidagi o‘xshashlik darajalari ko‘rsatkichlarini 70%ga oshirilgan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi 17-22% gacha oshirish imkonini bergan;
informativ belgilar asosida qovun navlarini timsollarni tasniflashga asoslangan algoritmi asosida ishlab chiqilgan Regional classification of types of melons — RCM dasturi ta’minoti Nukus tumani «Rametulla» nomli fermer va Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Nukus tumanida joylashgan tajriba xo‘jaligiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 7-oktyabrdagi 02/013-2868-son ma’lumotnomasi). Natijada sinf ob’ektlari orasidagi o‘zaro bog‘liqlik 65% ga va hududlashtirishning samaradorlik ko‘rsatkichi 4,6 martagacha oshirish imkonini bergan.