Sayt test rejimida ishlamoqda

Favqulotda vaziyatlar yo‘nalishida falsafa doktori (PhD)
va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun bajarishga
tavsiya etilayotgan mavzular haqida

Favqulotda vaziyatlar olidini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohasida joylarda amaliyot organlarida uchrayotgan dolzarb muammolarni ilmiy jixatdan hal etish, ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borishni tizimli yilga qo‘yish maqsadli O‘zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tomonidan bajarilishga tavsiya etilgan mavzular ishlab chiqildi. Mazkur mavzular OAK tegishli ekspert kengashlari tomonidan o‘rganib chichilib, OAK Rayosati tomoni ma’qullandi (30.11.2023 y.).

Favqulotda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, yong‘in  xavfsizligini ta’minlash sohasida joylarda uchrayotgan dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan doktorlik dissertatsiyalari mavzulari ro‘yxatiga kiritish uchun taklif etilayotgan mavzular
R O‘ Y X A T I

  • Tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi va ularni yuzaga kelish xavfini prognozlash;
  • Tabiiy hususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini to‘g‘ri xarakat qilishga o‘rgatish yo‘llari;
  • Kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oqibatlirini baholash va prognozlash usullarini ishlab chiqish;
  • Aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha yangi yondashuvlar
  • Aholi va hududlarni epidemiologik favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni takomillashtirish;
  • Epifitotiya bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish;
  • Magistral neft quvurlarining yong‘in xavfsizligi bo‘yicha monitoringini olib borish;
  • Magistral gaz quvurlarida yong‘in-portlashlarga sabab bo‘layotgan salbiy omillar va ularning yechimlari;
  • Er usti transport vositalariga suyuq mator yoqilg‘isi quyish stansiyalarining texnogen xavfsizligini baholash;
  • Suyultirilgan gazlarning avariya holatida baravariga ko‘p miqdorda chiqib ketish oqibatlarini prognoz qilish;
  • Osmono‘par binolarning yuqori qavatlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
  • Tog‘-kon texnikalarida yong‘inlarning oldini olish va bartaraf etish usullari bo‘yicha innovatsion yondashuvlar;
  •       Neft mahsulotlarnini saqlash rezervuarlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishni takomillashtirish;
  •       Gaz ballonlar bilan jixozlangan avtotransport vositalarida va gaz quyish shaxobchalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish;
  • Dovondan o‘tayotgan transport vositalarida xavfli yuklarni tashish tizimini takomillashtirish;
  • Dovonlarda yo‘l xarakati ishtirokchilarining harakat xavfsizligini oshirish yo‘llari;
  • Gidrotexnika inshoatlaridagi avariyalarda aholini to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha innovatsion uslublar;
  • Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik favqulodda vaziyatlarning ta’sir ko‘lamini kamaytirish usullarini takomillashtirish;
  • Atrof-tabiy muhit va ekologiyaning izdan chiqishiga olib keluvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
  • Yong‘in oqibatida ajralib chiqadigan tutunlarning atrof-muhitga ta’sirini prognozlash usullarini takomillashtirish;
  • Markaziy osiyo ekologik barqarorligini ta’minlash muammolari va ularning echimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
  • Kuchli tasir etuvchi moddalar saqlanadigan ob’ektlarda shaxsiy tarkibni himoyasi bo‘yicha zaruriy amaliyotni yaratish;
  • Gaz  va  tutundan  himoya  xizmatiga  tegishli asbob-anjomlarga innovatsion yondashuvlar;
  • Kuchli ta’sir etuvchi  zaxarli moddalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini  ta’minlash tizimini takomillashtirish;
  • Changli ob-havo bilan bog‘liq kuzatilayotgan holatlarning atrof muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish;
  • Kimiyo sanoati korxonalarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
  • O‘zbekistonda yuz berishi mumkin favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish;
  • Favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir bo‘lganda aholini evakuatsiya qilishning samarali usullarini ishlab chiqish;
  • Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv hamda yong‘in-qutqaruv ishlarini olib borish usullarini takomillashtirish;
  • Gaz quvurlari ishlaydigan bo‘linmalarning xavfsizligini ximoyalangan versiyaga o‘tkazish yo‘li bilan kuchaytirish;
  • Transportdagi yong‘inlarni ekspertiza qilishda termoplastik va termoreaktiv materiyallarining karbonizatsiyalangan qoldiqlarini tadqiq qilish;
  • Shahar aholi yashash joylarida favqulodda vaziyatlarning oldini olishning zamonaviy tizimini takomillashtirish;
  • Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  tizimida  tovar-moddiy  boyliklarga etkaziladigan zararlarning oldini olish;
  • Xayot faoliyati xavfsizligi kursida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amaliyot organlarini o‘qitish metodikasi;
  • Favqulodda vaziyatlarni  oldini  olishda  hayot  faoliyati  xavfsizligi  asoslarini takomillashtirish usullari;
  • Xususiy  uy-joylarni  mahalliy  xomashyodan  zilzilabardosh  qilib qurishda elementar  seysmik  qoidalarini targ‘ib etishga mo‘ljallangan usullarni takomillashtirish;
  • Suv omborlari to‘g‘onlarining deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasini kosmik monitoring qilish;
  • Texnogen zilzilalarni monitoring qilishda innovatsion yondashuv;
  • Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari;
  • Suv xavzalarida sodir bo‘ladigan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish usullarini takomillashtirish;
  • Neft mahsulotlarini saqlash rezervuarlarida sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirishni tashkillashtirish (ko‘pik hosil qiluvchi moddani yoqilg‘i ostidan uzatish usuli yordamida);
  • Qutqaruv ishlarida masofadan boshqariluvchi qurilmalardan (robot) foydalanish;
  • Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan xududda avariya-qutqaruv ekipajlarini o‘z vaqtida etib borishini ta’minlash maqsadida geolokatsiya tizimini qo‘llash;
  • Ta’lim muassasalarida fuqaro muhofazasi xujjatlarni ishlab chiqish tartibasini takomillashtirish;
  • Suv ta’minoti tizimlarining elektron xaritasini yaratish va avariya- qutqaruv ishlarida foydalanish (elektron planshet);
  • Favqulodda vaziyatlarda  evakuatsiya tadbirlarini takomillashtirish;
  • Yong‘in qutqaruv texnikalariga yangi texnologiyalarni tadbiq etgan holda texnik ko‘rsatkichlarini oshirish;
  • Ko‘ngilli yong‘in qutqaruv tuzilmalarini yo‘lga qo‘yishning ilmiy-uslubiy asoslari;
  • Favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Ommaviy tartibsizliklar oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda talofatlarini kamaytirish;
  • Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga psixologik tayyorlash;
  • Fuqaro muhofazasi sohasidagi targ‘ibotni tashkil etish shakllari, usullari va vositalari;
  • O‘zbekiston Respublikasida  iqtisodiy xavfsizlikni  ta’minlashda  favqulodda vaziyatlar omili;
  • Kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash;
  • Aholini va funksional xizmatlarni energiya ta’minotidagi uzilishlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlash.
  • Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini prognozlash masalasi;
  • Favqulodda vaziyatlarning oldini olishda innovatsion usullardan foydalanish masalasi;
  • Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda axborot texnologiyalarini qo‘llash;
  • Kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyat oqibatlarini prognozlash;
  • Sel-toshqin bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini oldindan prognozlashtirish;
  • Yirik ko‘chki uchastkalarining faollashuvi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda kosmik monitoringdan foydalanish;
  • Aholi turar-joy binolaridagi yong‘inlarning oldini olishda innovatsion usullar;
  • Bino va inshootlarda yirik yong‘inlarning oqibatlarini prognozlash uslubiyotini ishlab chiqish;
  • Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini prognozlash;
  • Favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi hodisalarni monitoring va oqibatlarini prognozlashda sun’iy intellektdan foydalanish.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish