Jabborova Zaynab Mamasodiqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnat munosabatlarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD./Iqt1249.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Bobanazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax Politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01
Rasmiy opponentlar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zikriyoev Aziz Sa’dulloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda mehnat munosabatlarining rivojlanishini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning xususiy biznes faoliyati bilan band qilish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi hududlarda ish o‘rinlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir shunday ish joyi xarajatlarini hamda o‘z tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun subsidiyalash, nogironlarni ishga joylashtirishda tegishli ish joylarini kvotalash kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan;
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya va ko‘nikma hosil qilish mexanizmlari motivatsiya/ko‘nikma o‘ziga xos xususiyat-larining xodim mehnat motivatsiyasining o‘zgarishiga ko‘ra takomillash-tirilgan;
yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini istiqbolli yo‘nalishlarda kichik biznes sub’ektlari va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda “drayver” loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga ko‘ra tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Jizzax viloyatida 2025-2030 yilga qadar tadbirkorlik faoliyatining mehnat faoliyatini rivojlantirishga asoslangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jizzax viloyati tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishda mehnat munosabatlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarning xususiy biznes faoliyati bilan band qilish orqali yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi hududlarda ish o‘rinlarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish uchun har bir shunday ish joyi xarajatlarini hamda o‘z tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun subsidiyalash, nogironlarni ishga joylashtirishda tegishli ish joylarini kvotalash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4804-son qarorining 10-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanildi. (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2021 yil 29 martdagi 01/00-03/09-3638-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy dasturlarini boshqa dasturlar (rejalar) bilan uyg‘un va muvofiqlashtirilgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish samaradorligini aniqlash imkoniyati yaratildi;
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda motivatsiya va ko‘nikma hosil qilish mexanizmlari motivatsiya/ko‘nikma o‘ziga xos xususiyatlarining xodim mehnat motivatsiyasining o‘zgarishini takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-son “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori 9 va 10 bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanildi. (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2021 yil 29 martdagi 01/00-03/09-3638-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tadbirkorlik bo‘yicha motivatsiya, ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Ustoz-shogird” an’anasi asosida maslahatlarni berish tizimining samaradorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga, 15288 nafar ishsiz va band bo‘lmagan aholini mehnat bozori ehtiyojlari asosida qisqa muddatlarda kasb-hunarga o‘qitishga va ish bilan ta’minlashga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
yoshlar uchun yangi ish o‘rinlarini istiqbolli yo‘nalishlarda kichik biznes sub’ektlari va oilaviy tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda “drayver” loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashishga ko‘ra tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi PF-29-son Farmonida 2 band 3-4 tartib talablari asosida ishlab chiqilayotgan dasturlarda keng foydalanilgan. (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2021 yil 29 martdagi 01/00-03/09-3638-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi Jizzax viloyatida kichik biznes sub’ektlari, oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishlarining tatbiq etilishi natijasida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasiga bir mingdan ortiq mahalliy yoshlarni mehnat faoliyatiga keng jalb etishda xizmat qilgan.
Jizzax viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirish natijasida 2025-2030 yillar uchun mehnat faoliyatini rivojlantirishga asoslangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining aholini mehnat bilan bandligi darajasini oshirish strategiyasi, shuningdek, aholi tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Kambag‘allikni qisqartirish va Bandlik vazirligining 2021 yil 29 martdagi 01/00-03/09-3638-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish aholini mehnat bilan bandligi darajasini oshirish strategiyasi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid ijtimoiy dasturlarning asoslanish darajasini oshirishga xizmat qilgan.
Shuningdek, Jizzax viloyati hokimligining Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi (2023 yil 2 noyabrdagi №03-09-02/879-son ma’lumotnoma) tomonidan joriy etish uchun qabul qilingan.