Zaxidova Zulfiya Xalilullaevaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit. (iqtisodiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2570.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Alisher A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respubliksi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit ta’minoti sifatini baholash mezonlarini sinflarga ajratish asosida kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish orqali kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni tartibga solish taklifi asoslangan;
tijorat banklari kreditlash mexanizmida kredit skoring tizimini smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalash asosida amaldagi 5 pog‘onali kreditlash jarayonini (biznes-protsess) 2 pog‘onali kreditlash jarayoniga o‘tkazish orqali masofaviy (onlayn) xizmatlardan foydalanuvchilar sonini oshirish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida islomiy bank tamoyillari (qarz mablag‘larini foizsiz taqdim etish) asosida xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish natijasida bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfeli diversifikatsiyasini oshirish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirishga xizmat qilishi asoslangan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025-yilgacha mazkur yo‘nalishdagi kreditlar hajmi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar kredit ta’minoti sifatini baholash mezonlarini sinflarga ajratish asosida kreditlarning qaytmaslik xavfini kamaytirish orqali kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni tartibga solish taklifi «Mikrokreditbank» ATB kreditlash amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 30-yanvardagi 04-27/1832-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning bank mexanizmiga joriy etilishi natijasida kredit ta’minoti sifatini baholash mezonlarini sinflarga ajratilishi kredit operatsiyalari bo‘yicha risklarni minimallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bank kredit portfelidagi muddati o‘tgan kreditlar ulushi 3,0 foizni (532 mlrd. so‘m) tashkil etgan;
tijorat banklari kreditlash mexanizmida kredit skoring tizimini smart raqamli bank fazasiga transformatsiyalash asosida amaldagi 5 pog‘onali kreditlash jarayonini (biznes-protsess) 2 pog‘onali kreditlash jarayoniga o‘tkazish orqali masofaviy (onlayn) xizmatlardan foydalanuvchilar sonini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» ATB kreditlash amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 30-yanvardagi 04-27/1832-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Mikrokreditbank» amaliyotiga joriy etilishi avvalgi 5 pog‘onali kreditlash jarayonini (biznes-protsess) 2 pog‘onaliga tushir ish tizimini joriy qilishga ijobiy ta’sir ko‘psatib, masofaviy (onlayn) xizmatlapdan foydalanuvchilar sonining sezilarli darajada oshishi kuzatilgan;
tijorat banklarida islomiy bank tamoyillari (qarz mablag‘larini foizsiz taqdim etish) asosida xizmat turlarini yo‘lga qo‘yish natijasida bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfeli diversifikatsiyasini oshirish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirishga xizmat qilishi taklifi «Mikrokreditbank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2023-yil 30-yanvardagi 04-27/1832-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning «Mikrokreditbank»ni rivojlanish strategiyasiga kiritilishi belgilanib, bank omonatlaridan foydalanishning kengayishi banklardagi resurs taqchilligini bartaraf etish, kredit portfeli diversifikatsiyasini oshirish va muammoli kreditlar salmog‘ini kamaytirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonlarini takomillashtirish asosida 2025-yilgacha mazkur yo‘nalishdagi kreditlar hajmi oshishining ijobiy prognoz ko‘rsatkichlari yuzasidan kiritilgan taklifi «Mikrokreditbank» ATB amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2023- yil 30-yanvardagi 04-27/1832-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif «Mikrokreditbank»ni rivojlanish strategiyasiga kiritilishi belgilanib, mazkur yo‘nalishdagi kreditlar hajmi oshirish imkoni yaratilgan.