Sayfulina Alfira Feratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari (Navoiy viloyati misolida)», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1386
Ilmiy rahbar: Islomova Risolat Abdullaevna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Avazbek Madaminovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyatida ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada «aqlli ishlab chiqarish infratuzilmasi»ni shakllantirishga viloyatda mavjud bo‘lgan bo‘sh va foydalanilmasdan turgan bino-inshootlar hamda er maydonlarida “digital system” tizimiga asoslangan yangi avlod innovatsion texnologiyalari asosida ishlaydigan kichik sanoat zonalari tashkil etish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmalari samaradorligini oshirishga yirik korxonalarda energiya tejamkor raqamli texnologiyalarni joriy qilish va Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi hamda Nurota tumanida quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy modeli unga ta’sir qiluvchi elektroenergiya, tabiiy gaz, oqava suv va yuk tashish omillarining ta’sir qilish darajasiga ko‘ra viloyatning sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarida kimyo va gaz kimyo klasterlarini tashkil etish orqali takomillashtirilgan;
Navoiy viloyati sanoat mahsulotlari hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirishning 2035 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqada «aqlli ishlab chiqarish infratuzilmasi»ni shakllantirishga viloyatda mavjud bo‘lgan bo‘sh va foydalanilmasdan turgan bino-inshootlar hamda er maydonlarida “digital system” tizimiga asoslangan yangi avlod innovatsion texnologiyalari asosida ishlaydigan kichik sanoat zonalari tashkil etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 27 apreldagi 217-son “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi 2-bo‘limining 30-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 7 avgustdagi 01-05/1044-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sanoatda zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyalarning qo‘llanilishi hisobidan import o‘rnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘sishi erishishi ta’minlanadi;
mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmalari samaradorligini oshirishga yirik korxonalarda energiya tejamkor raqamli texnologiyalarni joriy qilish va Tomdi tumanida shamol elektr stansiyasi hamda Nurota tumanida quyosh fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish hisobiga erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi 217-son “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi 2-bo‘limining 21-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 7 avgustdagi 01-05/1044-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yangi energiya resurs manbalarini tashkil etish orqali korxona xarajatlarining pasayishi erishiladi;
ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy modelini unga ta’sir qiluvchi elektroenergiya, tabiiy gaz, oqava suv va yuk tashish omillarining ta’sir qilish darajasiga ko‘ra viloyatning sharoiti «og‘ir» bo‘lgan hududlarida kimyo va gaz kimyo klasterlarini tashkil etish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi 217-son “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasi 2-bo‘limining 20-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 7 avgustdagi 01-05/1044-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi yalpi hududiy mahsulotda sanoat, jumladan, kimyo va gaz-kimyo mahsulotlari ulushini va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi;
Navoiy viloyati sanoat mahsulotlari hajmining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda mintaqada ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirishning 2035 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi 217-son “2022-2026 yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil 7 avgustdagi 01-05/1044-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Navoiy viloyati sanoat mahsuloti hajmining o‘zgarishiga ishlab chiqarish infratuzilmasining ta’sirini baholash va uni rivojlantirishning o‘rta muddatli va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish foydalanish imkonini berdi.