Abduraimova Nigora Radjabovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholi bandligini ta’minlashda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish (Bandlik jamg‘armasi misolida)», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1792.
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Komolov Odiljon Sayfidinovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent
Yetakchi tashkilot: G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Aholi bandligini ta’minlashda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aholiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va nafaqani ijtimoiy kontrakt tuzish orqali ajratish taklif etilgan;
ijtimoiy kontrakt bo‘yicha subsidiya, grant va nafaqa to‘lovlar bilan bog‘lik xarajatlarni maqsadli ishlatilishini ta’minlash maqsadida moliyalashtirishni davlat byudjetidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga o‘tkazish zarurligi asoslangan;
ijtimoiy kontraktning samaradorligini ta’minlashda kam ta’minlangan oila a’zolarining daromadi va to‘lov qobiliyati monitoringini joriy etish taklif etilgan;
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga uch oygacha bino va inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi bandligini ta’minlashda davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
aholiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya, grant va nafaqani ijtimoiy kontrakt tuzish orqali ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 apreldagi 225-son «Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3095-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2021 yilda Surxondaryo viloyatida ish so‘rab murojaat qilgan 35 ming nafar aholi bilan ijtimoiy kontrakt tuzilgan.
ijtimoiy kontrakt bo‘yicha subsidiya, grant va nafaqa xarajatlarini moliyalashtirishni davlat byudjetidan Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga o‘tkazish bo‘yicha tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 apreldagi 225-son «Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3095-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilning birinchi yarim yilligida ishsizlarga ijtimoiy kontrakt bo‘yicha 74 109,4 mln.so‘mlik subsidiya, grant va nafaqa to‘lovlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan moliyalashtirilishiga erishilgan.
ijtimoiy kontraktning samaradorligini ta’minlashda kam ta’minlangan oila a’zolarining daromadi va to‘lov qobiliyati monitoringini joriy etishga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 apreldagi 225-son «Davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga berilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3095-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yilda 2 331 ta holat bo‘yicha 7 298 mln.so‘m subsidiyalar ajratilib, ulardan olingan daromad monitoring qilinganda subsidiya olgan aholi qatlamining to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga erishilgan.
tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga uch oygacha bino va inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya ajratishga doir taklifidan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3095-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2022 yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlik subektlariga foydalaniladigan bino va inshootning ijara to‘lovlari uchun 2,7 mln.so‘m to‘lab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish