Abdunazarov O‘tkir Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nosir Fozilov ijodida davr ruhi va shaxs talqini”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti(filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2073.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Qahramonov Qurdosh Yalgashovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Dildoraxon Zumratbekovna, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Yo‘ldoshev Boynazar, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nosir Fozilovning so‘nggi yillarda yaratilgan qissa va esselarida zamon va qahramon muammosini, xususan, esselarida adiblar siymosining yaratilishida hayotiy va badiiy asoslarni ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yozuvchi hikoyalarida ijtimoiy muammolarning  obrazlar olami, uning ruhiy-ma’naviy qarashi, ijodkorning epik bayon usul kabi poetik talqinlarda ijod qilganligi, qahramonlar taqdiri vositasida umumlashma obrazlarni mahorat bilan yaratganligi aniqlangan;
Nosir Fozilov qissalarida davrning murakkab qirralarini aks ettirishdagi realistik tasvir yo‘sinlari, so‘z qo‘llash, badiiy ko‘chim vositalaridan foydalanish kabi til xususiyatlari, o‘zbek xarakteriga xos gumanizmning badiiy ifodasi, qahramonlar ichki kechinmalari orqali tasvirlangan ijtimoiy dard ko‘lami ochib berilgan;
esse-xotiralarda ijodkor fantaziyasi, portret yaratish borasidagi haqqoniylik, ishonchlilik, ta’sirchanlik tamoyillari satirik asarlarda davr ziddiyatlarining badiiy ifodasi, davr, makon, zamon nuqtai nazaridan dalillangan;
N.Fozilov hikoya, qissa, esselari  o‘zbek adabiyotining yarim asrlik badiiy lavhasini aks etgani, turli temperamentli va shaxslar asosida yaratgan qahramonlar vositasida  rang-barang, takrorlanmas milliy xarakterlar yaratganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nosir Fozilov qissa va esselarida zamon va qahramon muammosini yoritish jarayonida olingan ilmiy natijalari asosida:
yozuvchi hikoyalarida ijtimoiy muammolarning  obrazlar olami, uning ruhiy-ma’naviy qarashi, ijodkorning epik bayon usul kabi poetik talqinlari, qahramonlar taqdiri vositasida umumlashma obrazlar yaratish mahorati aniqlanganligiga oid ilmiy xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan A–OT–2019-10. “O‘zbek tilida  neyming: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 28-apreldagi 04/1-836 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotida davr ruhi va shaxs talqinini badiiy tahlillash, o‘zbek adabiyotida esse janrining o‘rnini belgilashda samara bergan;
Nosir Fozilov qissalarida davrning murakkab qirralarini aks ettirishdagi realistik tasvir yo‘sinlari, so‘z qo‘llash, badiiy ko‘chim vositalaridan foydalanish kabi til xususiyatlari, o‘zbek xarakteriga xos gumanizmning badiiy ifodasi, qahramonlar ichki kechinmalari orqali tasvirlangan ijtimoiy dard ko‘lami ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 1-iyuldagi 04/1-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida N.Fozilov ijodida davr va shaxs talqinining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga xizmat qilgan;
esse-xotiralarda ijodkor fantaziyasi, portret yaratish borasidagi haqqoniylik, ishonchlilik, ta’sirchanlik tamoyillari satirik asarlarda davr ziddiyatlarining badiiy ifodasi, davr, makon, zamon nuqtai nazaridan dalillanganligi hamda N.Fozilov hikoya, qissa, esselari  o‘zbek adabiyotining yarim asrlik badiiy lavhasini aks etgani, turli temperamentli va shaxslar asosida yaratgan qahramonlar vositasida  rang-barang, takrorlanmas milliy xarakterlar yaratganligi asoslanganligi yuzasidan ilmiy xulosalardan “Surxondaryo” telekanalining “Adabiyot-ma’naviyat ko‘zgusi”, “Kun mavzusi”, “Munavvar kun” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-martdagi 01-12/2-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashuviga, ilmiy dalillarga boy bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish