Nurulloev Suxrob Ozodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida buyrak strukturaviy o‘zgarishlari tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3113.
Ilmiy rahbarlar: Xamdamova Muxayyoxon to‘xtasinovna, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdulaevich, tibbiyot fanlari doktori; Papatiya Kelech, tibbiyot fanlari doktori (Turkiya)
Yetakchi tashkilot: «Abuali Ibni Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti» (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida laboratoriya hayvonlari buyraklari strukturaviy o‘zgarishlarini tavsiflash, profilaktik biokorreksiya ta’sirini o‘rganish va baholashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tajribada o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida aniqlanmagan buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya (86,7%), fokal nekroz o‘choqlari (80,0%), gomogen oqsil strukturalari (53,3%), Boumen bo‘shlig‘i toraygani (46,7%) kabi patologik morfologik belgilar aniqlangan, bu nafaqat buyrak strukturasi, balki funksional faoliyati buzilishiga ham olib kelishi isbotlangan;
surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi (63,3%), bir jinsli oqsil tuzilmalari (46,7%) va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar (76,7%) ko‘rinishida aniqlangan, ilk bor bu nurlanishda buyraklarda aniqlangan patomorfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi va intensivligi o‘tkir nurlanish parametrlariga nisbatan 1,14-1,45 martaga kam namoyon bo‘lgani isbotlangan;
o‘tkir nurlanish olgan va profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi kanalchalari epiteliysida fokal nekroz o‘choqlari, koptokchalar kapillyarlari to‘laqonligi, gomogen oqsil strukturalari aniqlanishi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmaganlarda ko‘p miqdorda uchrashi (mos ravishda 80,0%, 76,7%, 53,3%) barobarida biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda kuzatilmagan, koptokcha kapillyarlari podotsitlari reparativ regeneratsiya, kanalcha epiteliylarida reparativ regenerasiya belgilari biokorreksiya o‘tkazilmagan kalamushlarda uchramagani holatda, biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda aniqlanishi (23,3% dan) asoslangan;
surunkali nurlanish olgan, profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragidagi morfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmagan hayvonlarga nisbatan 2,25-3,17 martagacha kam bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan, olingan natijalar asosida o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 21 oktyabrdagi №23-Z/070 son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bor tajribada o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida aniqlanmagan buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya (86,7%), fokal nekroz o‘choqlari (80,0%), gomogen oqsil strukturalari (53,3%), Boumen bo‘shlig‘i toraygani (46,7%) kabi patologik morfologik belgilar aniqlangan, bu nafaqat buyrak strukturasi, balki funksional faoliyati buzilishiga ham olib kelishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: tajribada o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida aniqlanmagan buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, fokal nekroz o‘choqlari, gomogen oqsil strukturalari, Boumen bo‘shlig‘i toraygani kabi patologik morfologik belgilar aniqlangan, bu nafaqat buyrak strukturasi, balki funksional faoliyati buzilishiga ham olib kelishi isbotlanganligini inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 5/2) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 7/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, fokal nekroz o‘choqlari, gomogen oqsil strukturalari, Boumen bo‘shlig‘i toraygani kabi patologik morfologik belgilar aniqlanganligini inobatga olinishidan foydalanish, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida aniqlanmagan buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, fokal nekroz o‘choqlari, gomogen oqsil strukturalari, Boumen bo‘shlig‘i toraygani kabi patologik morfologik belgilar aniqlanganligi kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 188 000 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: o‘tkir nurlanish ta’sirida intakt laboratoriya hayvonlarida aniqlanmagan buyraklar kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, fokal nekroz o‘choqlari, gomogen oqsil strukturalari, Boumen bo‘shlig‘i toraygani kabi patologik morfologik belgilar aniqlanganligi inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish,  kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 125 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida buyrak strukturaviy o‘zgarishlari tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 07 martdagi 04 №1507-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi (63,3%), bir jinsli oqsil tuzilmalari (46,7%) va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar (76,7%) ko‘rinishida aniqlangan, ilk bor bu nurlanishda buyraklarda aniqlangan patomorfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi va intensivligi o‘tkir nurlanish parametrlariga nisbatan 1,14-1,45 martaga kam namoyon bo‘lgani isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi, bir jinsli oqsil tuzilmalari va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar ko‘rinishida aniqlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 5/2) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 7/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi, bir jinsli oqsil tuzilmalari va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar ko‘rinishida aniqlanganligini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi, bir jinsli oqsil tuzilmalari va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar ko‘rinishida aniqlanganligini: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 500 000 so‘mga kamaytirgan (RIO va RIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 35500) so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa: surunkali nurlanish ta’sirida oq zotsiz kalamushlar buyraklarida yuzaga kelgan patomorfologik o‘zgarishlar buyrak kanalchalari gidropik distrofiyasi, bir jinsli oqsil tuzilmalari va buyrak kanalchalaridagi o‘zgarishlar ko‘rinishida aniqlanganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida buyrak strukturaviy o‘zgarishlari tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 07 martdagi 04 №1507-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: o‘tkir nurlanish olgan va profilaktik biokorresiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya (26,7% va 86,7%), koptokchalar shakli deformasiyalangani (30,0% va 86,7%) ushbu biokorreksiya o‘tkazilmaganlarga nisbatan sezilarli darajada kam uchragan, kanalcha epiteliysida fokal nekroz o‘choqlari, koptokchalar kapillyarlari to‘laqonligi, gomogen oqsil strukturalari aniqlanishi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmaganlarda ko‘p miqdorda uchrashi (mos ravishda 80,0%, 76,7%, 53,3%) barobarida biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda kuzatilmagan, koptokcha kapillyarlari podotsitlari reparativ regenerasiya, kanalcha epiteliylarida reparativ regenerasiya belgilari biokorreksiya o‘tkazilmagan kalamushlarda uchramagani holatda, biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda aniqlanishi (23,3% dan) asoslangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘tkir nurlanish olgan va profilaktik biokorresiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, koptokchalar shakli deformatsiyalangani ushbu biokorreksiya o‘tkazilmaganlarga nisbatan sezilarli darajada kam uchragan, kanalcha epiteliysida fokal nekroz o‘choqlari, koptokchalar kapillyarlari to‘laqonligi, gomogen oqsil strukturalari aniqlanishi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmaganlarda ko‘p miqdorda uchrashi barobarida biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda kuzatilmagan, koptokcha kapillyarlari podotsitlari reparativ regenerasiya, kanalcha epiteliylarida reparativ regenerasiya belgilari biokorreksiya o‘tkazilmagan kalamushlarda uchramagani holatda, biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda aniqlanishi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 5/2) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 7/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir nurlanish olgan va profilaktik biokorresiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, koptokchalar shakli deformatsiyalangani ushbu biokorreksiya o‘tkazilmaganlarga nisbatan sezilarli darajada kam uchragan, kanalcha epiteliysida fokal nekroz o‘choqlari, koptokchalar kapillyarlari to‘laqonligi, gomogen oqsil strukturalari aniqlanishi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmaganlarda ko‘p miqdorda uchrashi barobarida biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda kuzatilmagan, koptokcha kapillyarlari podotsitlari reparativ regenerasiya, kanalcha epiteliylarida reparativ regenerasiya belgilari biokorreksiya o‘tkazilmagan kalamushlarda uchramagani holatda, biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda aniqlanishi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
erkaklar uchun atipik stenokardiya og‘irligi mezonlari ishlab chiqilgan usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 10,0 kundan 7,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1 500 000 so‘mga  kamaytirgan (RIO va RIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 500 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 35 500 so‘m dori vositalari sarflanadi);
Xulosa: o‘tkir nurlanish olgan va profilaktik biokorresiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragi kanalchalari epiteliysida gidropik distrofiya, koptokchalar shakli deformatsiyalangani ushbu biokorreksiya o‘tkazilmaganlarga nisbatan sezilarli darajada kam uchragan, kanalcha epiteliysida fokal nekroz o‘choqlari, koptokchalar kapillyarlari to‘laqonligi, gomogen oqsil strukturalari aniqlanishi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmaganlarda ko‘p miqdorda uchrashi barobarida biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda kuzatilmagan, koptokcha kapillyarlari podotsitlari reparativ regenerasiya, kanalcha epiteliylarida reparativ regenerasiya belgilari biokorreksiya o‘tkazilmagan kalamushlarda uchramagani holatda, biokorreksiya o‘tkazilgan hayvonlarda aniqlanishi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini  kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida buyrak strukturaviy o‘zgarishlari tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 07 martdagi 04 №1507-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: surunkali nurlanish olgan, profilaktik biokorreksiya o‘tkazilgan oq zotsiz kalamushlar buyragidagi morfologik o‘zgarishlar uchrash darajasi profilaktik biokorreksiya o‘tkazilmagan hayvonlariga nisbatan 2,25-3,17 martagacha kam bo‘lganligi ko‘rsatib berilgan, olingan natijalar asosida o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat filiali bo‘yicha buyruq (02.03.2023 y.; № 5/2) hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Navoiy viloyat filiali bo‘yicha buyruq (03.03.2023 y.; № 7/1) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib,  ular rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 106 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: o‘tkir va surunkali nurlanishlar uchun biologik jihatdan xavfsiz, tibbiy jihatdan ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali, ijtimoiy jihatdan ahamiyatli profilaktik biokorreksiya usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni qo‘llashni shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 500 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 106 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada turli ko‘rinishdagi nurlanishlar ta’sirida buyrak strukturaviy o‘zgarishlari tavsifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 07 martdagi 04 №1507-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish