Umarov Baxtiyorjon Yatgarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uyqu arteriyasi aterosklerozini jarrohlik usulida davolashda endotelial disfunksiya korreksiyasi», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib527.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanov Mamur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olim Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori; Fikret Ezberchi, tibbiyot fanlari doktori, professor (Turkiya)
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: karotid arteriyalarning aterosklerotik shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni xirurgik korreksiyadan oldin va keyingi davrda endotelial disfunksiyani o‘rganish va davolash orqali jarrohlik davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarda qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi aniqlangan;
ilk bora eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaga bag‘ishlangan qiyosiy tahlil o‘tkazish asoslangan;
intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rni aniqlangan;
endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Karotid arteriyalarning aterosklerozli stenozi kabi qon-tomir shikastlanishida endotelial disfunksiya tashhisoti bo‘yicha tadqiqot natijalari asoslanib, quyidagilar olindi:
Ilmiy yangilikning mohiyati: karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarda qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarda qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.09.2023 y.; № 24) Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 122) Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (06.09.2023 y.; № 36)  hamda RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 82) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarning barchasida qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi inobatga olinishi, bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarda qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi aniqlangan bo‘lib, bu o‘z bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, kasallik asoratlarini oldini olishga hamda bemorlarni sarflanadigan xarajatlarini 1 896 000 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: karotid arteriyalarning stenozi bo‘lgan bemorlarda qon-tomir endotelial funksiyasining sezilarli darajada buzilishi aniqlangan bo‘lib bemorlarning barchasida kasallikning asoratlarini oldini olishda endotelial disfunksiyani inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 632 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Uyqu arteriyasi aterosklerozini jarrohlik usulida davolashda endotelial disfunksiya korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 5 sentyabrdagi 01/04/4654-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: ilk bora eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyaga bag‘ishlangan qiyosiy tahlil o‘tkazilgan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiyani hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.09.2023 y.; № 24) Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 122) Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (06.09.2023 y.; № 36) hamda RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 82) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya qiymatini hisobga olinishi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya qiymatini hisobga olinishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 660 000 so‘mga kamaytirgan (Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: eversion va an’anaviy KEE bajarilgan bemorlar guruhlari o‘rtasida endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya qiymatini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Uyqu arteriyasi aterosklerozini jarrohlik usulida davolashda endotelial disfunksiya korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 5 sentyabrdagi 01/04/4654-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rni aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rni aniqlangan bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.09.2023 y.; № 24) Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 122) Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (06.09.2023 y.; № 36) hamda RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 82) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rni aniqlangan bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rni aniqlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 11,0 kundan 8,0 kungacha kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 660 000 so‘mga  kamaytirgan (Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 220 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90 000 so‘m dori vositalari sarflanadi).
Xulosa: intima-media kompleksining qalinlashishining karotid arteriyalarning KEE dan keyingi restenoz rivojlanishidagi o‘rnini inobatga olinishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kasallik asoratlarini  kamaytirish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Uyqu arteriyasi aterosklerozini jarrohlik usulida davolashda endotelial disfunksiya korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 5 sentyabrdagi 01/04/4654-son xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligi aniqlangan, bu o‘z navbatida, asoratlar rivojlanishi omilini kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtirib, yotoq kunini qisqartirgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (14.09.2023 y.; № 24) Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 122) Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (06.09.2023 y.; № 36) hamda RShTYoIM Navoiy filiali bo‘yicha buyruq (08.09.2023 y.; № 82) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligi aniqlangan bo‘lib, ular o‘z navbatida, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligi rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 632 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 90 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: endoteliyga bog‘liq vazodilatatsiya indeksining pasayishi va qandli diabet 2 tipi, uyqu arteriyasining intima-media kompleksi qalinlashishi bilan teskari korrelyasiyaga egaligini davolanish jarayonida inobatga olinishini shifoxona amaliyotiga  joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 632 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 90 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Uyqu arteriyasi aterosklerozini jarrohlik usulida davolashda endotelial disfunksiya korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 5 sentyabrdagi 01/04/4654-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish