Suyunov Jaloliddin O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt690 
Ilmiy rahbar: Qurolov Qobiljon Qulmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat Universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalashning samaradorligini oshirishga oid ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat savdosi korxolari xizmatlarining takomillashgan ta’rifi ishlab chiqilib, xizmatlarni diversifikatsiyalashning mohiyati ochilib, oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni takomillashtirish, tasniflash, tavsiflash va istiqbolli strategiyasining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi;
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari hamda elektron oziq-ovqat savdo xizmatlari platformasi  ishlab chiqildi;
oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘llari xorij tajribasi o‘rganilib, ulardan foydalanish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar taklif etilgan;
oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini baholash asosida 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Oziq-ovqat savdosi korxonalari xizmatlarining takomillashgan ta’rifi ishlab chiqilib, xizmatlarni diversifikatsiyalashning mohiyati ochilib, uning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. O‘zbekistonda oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash klasteri ishlab chiqildi va savdo xizmatlari bozorida oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talabning holati o‘rganildi. Natijada  oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni takomillashtirish, tasniflash, tavsiflash va istiqbolli strategiyasini ishlab chiqish imkonini berdi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi(hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ning 2022 yil 9 sentyabrdagi 86-06-35 sonli ma’lumotnomasi); 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini baholashning mezon va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash natijasida savdo korxonalarining raqobatbardoshligi va faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirishni  takomillashtirilgan mexanizmi  taklif etildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi(hozirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi)ning 2022 yil 9 sentyabrdagi 86-06-35 sonli ma’lumotnomasi) Takomillashtirilgan mexanizmni amaliyotga tatbiq etilishi oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash elektron yo‘nalishi joriy etish, savdo sifati va raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlagan va multiplikator samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga xizmat qilgan.
Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganilib, ulardan mamlatimizda foydalanish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2023 yil 12 iyundagi 11/05-26-6972 sonli dalolatnomasi) Innovatsion yo‘nalishlarni amaliyotga joriy etilishi savdo sohasida pragmatik xarakterga ega konstruktiv turxizmatlar dasturlarini ishlab chiqish jarayonini kuchaytirdi. Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligini oshirish natijasida turistik korxonada xizmatlar samaradorlik ko‘rsatkichini 21 % ga ortishiga zamin yaratgan.
Oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash va samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar ta’sirini baholash asosida 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognozi ishlab chiqildi. (O‘zbekiston Savdo-Sanoat Palatasining 2023 yil 12 iyundagi 11/05-26-6972 sonli dalolatnomasi) Mazkur prognozning amaliyotga tatbiq etilishi oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash bilan bog‘liq loyihalar samaradorligini tahlil qilish va baholash, loyihalar jozibadorligini oshirish maqsadida oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash investision loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish va strategik maqsadga samarali erishishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish