Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshev Sobir Samatovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Statsionar va nostatsionar oqimlardagi deformatsiyalanadigan o‘zanlarni prognozlash», 05.09.07–Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T199.

Ilmiy rahbar: Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.

Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ernazar Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kantarji Izmail Grigor`evich (Rossiya Federatsiyasi), texnika fanlari doktori, professor; Malikov Zafar Mamatkulovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: gruntli yirik ochiq o‘zanlarning statsionar va nostatsionar oqim sharoitlarida  deformatsion  jarayonlarni aniqlashning hisoblash  usullarini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘lqini ta’sirining differensial tenglamasi asosida gruntli yirik o‘zanlardagi cheklangan jadallashish holatida shamol to‘lqinlarining jadallashish uzunligini, nostatsionar sekin harakatdagi oqiziqlar va bir jinsli bo‘lmagan oqiziqlar  harakatining boshlanishlarini aniqlashning gidravlik modellari ishlab chiqilgan;

nostatsionar oqim sharoitida ishqalanish parametrini aniqlash uchun bog‘lanishlar mavjud tadqiqot natijariga asosan o‘rnatilgan;

turli xil gruntlarda yotadigan kanallardagi suv oqimining yuvmaslik tezliklarini aniqlashning hisob usullari grunt zarrachasining chegaraviy mustahkamligi shartiga asosan takomillashtirilgan;

gruntli yirik o‘zanlarning nostatsionar oqim harakatidagi tub osti yotqiziqlari parametrlarining o‘lchamlarini aniqlashning usullari to‘lqinli shakldagi tub osti rifellarining parametrlari chegaraviy qatlam qalinligiga proporsional gipotezasi asosida takomillashtirilgan;

nostatsionar (to‘lqinli; to‘lqin+oqim) oqimlardagi tub oqiziqlar transportini hisoblash usullari statsionar oqim uchun ishonchli natijalarni beradigan Van-Rayn formulasi asosida takomillashtirilgan; 

statsionar va nostatsionar oqim sharoitlarida ishlaydigan gruntli yirik kanallar dinamik mustahkam o‘zanlarining morfometrik xarakteristikalarini hisoblash usuli statsionar oqim uchun S.X.Abal`yansning mustahkam ko‘ndalang kesim tenglamasi asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oqimning turli holatlarida ochiq o‘zanlarda deformatsion jarayonlarni hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

statsionar va nostatsionar oqim sharoitidagi ochiq o‘zanlarda deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Mirishkor kanalida joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/30-224-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati oqiziqlar transporti hisobi usullarining qo‘llanishi asosida 4-7%ga oshirish imkoni yaratilgan;

statsionar va nostatsionar oqim sharoitidagi ochiq o‘zanlarda deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qarshi magistral kanalida joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/30-224-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish imkoniyati  ko‘ndalang kesim dinamik mustahkamligini aniqlashning hisob usullarining qo‘llanishi asosida 5-8%ga oshirish imkoni yaratilgan;

oqimning sho‘rlangan gruntdagi yuvmaslik tezliklarini aniqlash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Qarshi tumanidagi D-2 ochiq kollektrida joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/30-224-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq kollektorning suv o‘tkazish qobiliyatini  6-9%ga oshirish imkoni yaratilgan;

statsionar va nostatsionar oqim sharoitidagi ochiq o‘zanlarda deformatsion jarayonlarni hisoblash usuli Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Gidroproekt” AJ loyihalash institutida  Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining sho‘rlangan gruntlaridagi  kanallarni loyihalashda va “UZGIP” AJ loyihalash institutida Sho‘rbuloq suv omborining suv olib keluvchi va tashlama kanallarini loyihalashda joriy etilgan (Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 apreldagi 02/30-224-son ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida kanallarning deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 22%ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish