Fayzullaeva Zarnigor Inatulloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tavsiflanadigan harakatlanuvchi muhitlardagi diffuziya jarayonlarini sonli modellashtirish», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T3287
Ilmiy rahbar: Sadullaeva Shaxlo Azimboevna, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Asxad Muxamedjanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Muradov Farrux Abdukaxarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tavsiflanadigan konvektiv ko‘chishga ega bo‘lgan reaksiya-diffuziya jarayonlarini matematik modellashtirish, sonli echish sxemalari, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki komponentli nochiziqli muhitlarda parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tavsiflanuvchi diffuziya jarayonlarini matematik modellarini takomillashtirilgan, global echim mavjudlik shartlari topilgan, tarqalish tezligining chekliligi va lokallashish xossalari aniqlangan;
konvektiv ko‘chish va dempfirlash ta’siridagi nochiziqli diffuziya tenglamalar sistemasini bilan ifodalaydigan nochiziqli modellar uchun tez, sekin diffuziya va kritik hollarda echimlarining asimptotikalari qurilgan;
ikki komponentli nochiziqli muhitlarda parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tavsiflanuvchi diffuziya masalasini sonli echish sxemalarini qurilgan;
manba va o‘zgaruvchan zichlikka ega, konvektiv ko‘chish va dempfirlash hadiga ega nochiziqli diffuziya masalasini hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tasvirlanadigan diffuziya jarayonlari masalalarini sonli hamda analitik echish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliyotda quyidagi yo‘nalishlarda joriy etilgan:
parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasi orqali tavsiflanadigan harakatlanuvchi muhitlardagi diffuziya jarayonlarini sonli modellashtirish asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ «Sardoba temir yo‘l agrosanoat» MChJ obektida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi
33-8/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada suv tarqalish jarayonlarini vizual monitoring qilishda ishlab chiqilgan dastur samaradorligi 5-6 foizga oshish imkon bergan;
ikki komponentali nochiziqli tenglamalar sistemasi uchun ishlab chiqilgan dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti «Dinamik sistemalar va ularning tatbiqlari ilmiy laboratoriya»sida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 33-8/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda suyuqlik filtratsiyasi masalalarini echish, tarqalish tezligi cheklilik effekti, fazoviy lokalizatsiyani aniqlash uchun ketadigan vaqt 10-12 foizga qisqartirish imkonini bergan;
ikki komponentali muhit uchun parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalar sistemasida avtomodel echimni qurish va sonli echish uchun ishlab chiqilgan algoritmlar asosida yaratilgan dasturiy vosita O‘zbekiston Respublikasi va «Geo Interpretation Group» MChJ obektida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 23-martdagi 33-8/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada neft qazib olish jaroyonini avtomatlashtirish uchun hisoblashga ketadigan vaqt 10-12 foizga ga qisqartirish imkonini bergan.