Nazarov Shahzod Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sanoat hududlarning ekologik holatini monitoring va bashoratlash uchun modellar, hisoblash algoritmlari va axborot tizimlari», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3648
Ilmiy rahbar: Ravshanov Normaxmad, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadieva Dildora Kabilovna texnika fanlari doktori, dotsent; Urunbaev Jasur Erkinovich, fizika-matematika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat hududlari atmosferasiga zararli aralashmalar emissiyasini diffuziya o‘tkazish jarayonini o‘rganish uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turg‘un cheklanmagan muhitda ifloslantiruvchi moddalarning diffuziya jarayonining matematik modeli va masalani bir, ikki va uch o‘lchovlarda echish usullarini ishlab chiqilgan;
 o‘simlik elementlari tomonidan yutilishi hisobga olingan holda aerozol zarralarining atmosferada diffuziyasining ko‘p o‘lchovli matematik modeli va masalani echishning sonli algoritmi ishlab chiqilgan;
fitomassaning balandligi va zichligini hisobga olgan holda o‘simlik elementlari tomonidan aerozol zarralarining yutilishini tavsiflovchi funksional bog‘liqlik keltirib chiqarilgan;
meteorologik sharoitlar, zarrachalarning cho‘kish tezligi, o‘simlik elementlari tomonidan zarrachalarni yutilishini hisobga olgan holda atmosferadagi mayda zarrachalarning diffuziyasion ko‘chishining takomillashtirilgan matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sanoat hududlarida atmosferaning ekologik holatini kuzatish va bashoratlash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy majmuadan foydalanish asosida:
mayda zarrachali moddalarning konsentratsiyasi darajalarini hisoblash va vizuallashtirishni avtomatlashtirish uchun axborot, matematik va dasturiy ta’minot, uch yo‘nalishda shamol tezligi, aerozol zarrachalarning cho‘kish tezligi, shuningdek o‘simliklarning yutilish koeffisientini hisobga olgan holda  «GRAND POLIMER PLAST» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 24/5525-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qozonxonalarda yoqiladigan gaz va uglevodorod yoqilg‘isi yoqilishi atmosfera havosidagi zararli mayda zarrachalar konsentratsiyasini baholash aniqligini 9-10 foizga oshirish imkonini bergan;
atmosferaning chegara qatlamida va er yuzasida zararli aerozol aralashmalarining konsentratsiyasini hisoblash uchun matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minot, zarrachalarning o‘simliklar tomonidan yutilishi, ifloslantiruvchi zarrachalarning fizik-mexanik xususiyatlarini, ob-havo sharoiti hisobga olgan holda «TO‘LA ORTIQ RAJAB STROY SERVIS» MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 24/5525-son ma’lumotnomasi). Joriy qilinishi natijasida atmosfera havosidagi noorganik changning mayda zarralari konsentratsiyasini baholashning aniqligini 9-11% ga oshirish imkonini bergan;
atmosferaning chegara qatlami va er yuzasida zararli aerozol zarrachalarni oʻsimlik qoplami elementlari tomonidan yutilishini hisobga olgan holda konsentratsiyasini aniqlash boʻyicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirish boʻyicha matematik va dasturiy taʼminot «ELBETON» MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 24/5525-son ma’lumotnomasi).  Joriy qilinishi natijasida quruq qurilish aralashmalarini tashish, yuklash/tushirish paytida, shuningdek, ezilgan tosh ishlab chiqarish uchun maydalash uskunalarining ishlashi paytida chiqadigan noorganik changning mayda zarralarini atmosfera havosidagi konsentratsiyasini bashoratlash 8-11% ga oshirilgan;
atmosferada zararli moddalarning konsentratsiyasi darajalarini hisoblash va vizuallashtirishni avtomatlashtirish uchun axborot, matematik va dasturiy ta’minoti Buxoro viloyati Tabiat resurslari boshqarmasi faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Buxoro viloyati hokimligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 24/5525-son ma’lumotnomasi). Natijada Buxoro viloyati sanoat hududlarining atmosferada zararli moddalarning konsentratsiyasi darajasini bashoratlash aniqligini 12-13% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish