Kamolov Iftixor Baxtiyorovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni rangli ma’danlarga badiiy ishlov berish jarayonida ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped257.   

Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash  instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.

Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xalilova Shaxnoza Turgunovna,  pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy.

II. Tadqiqotning maqsadi:kasb-hunar ta’limida rangli ma’danlarga badiiy ishlov berish asosida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zargarlik san’ati kompozisiyasining dekorativ-amaliy ijodiyoti bilan faoliyatli va kreativ yondashuvlarni integratsiyalash asosida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyati va badiiy-estetik didini rivojlantirish xususiyatlari ochib berilgan;

zargarlik yo‘nalishi dekorativ kompozisiya mashg‘ulotlarida badiiy grafik mashqlar, morfologik tahlil va obrazli kombinatsiyalash kabi noan’anaviy usullarni darajali gradatsiyalash asosida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash doiralari kengaytirilgan;

kasb-hunar kollejlarida bo‘lajak usta zargarlar ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining mazmuni fazoviy-hajmli kompozisiyalarni o‘qitish vositalarini va baholash mezonlarini optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;

bo‘lajak usta-zargarlarning ijodkorlik faoliyatida deduktiv-sintetik tasavvurini xarakterlovchi ixtirochilik, originallik va individuallikning intensiv rivojlanishiga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida zargarlik buyumlarini ko‘p nusxada tayyorlash metodikasi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Rangli ma’danlarga badiiy ishlov berish  jarayonida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi  yuzasidan ishlab chiqilgan ko‘rgazmali metodik va amaliy takliflar asosida:

zargarlik san’ati kompozisiyasining xususiyatlari, ularni qurish usullariga oid metodik yondashuvlar, bo‘lajak usta zargarlar kasbiy ta’limida o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogik shart-sharoitlariga oid takliflaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2017 yil  24 avgustdagi  603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (3151214-Zargarlik buyumlari bo‘yicha usta) ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 noyabrdagi 89-03-2833-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali kasbiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

kasb-hunar kollejlari zargarlik yo‘nalishi dekorativ kompozisiya mashg‘ulotlarida bo‘lajak usta zargarlarning ijodiy-yaratuvchanlik qobiliyatlarini badiiy grafik mashqlar va obrazli kombinatsiyalash usullari, fazoviy-hajmli kompozisiyalarini o‘qitish vositalari asosida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash rivojlantirish texnologiyasi yakka mualliflikda nashr etilgan  “Rangli ma’danlarga badiiy ishlov berish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan  (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-222-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma zargarlik san’ati sohasida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga  xizmat qilgan.

o‘quvchilarning dekorativ kompozisiya mashg‘ulotlarida ijodiy fikrlashlarini faollashtirish, ko‘p nusxada zargarlik buyumlari tayyorlashga o‘rgatish metodikasiga oid takliflari  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 17 oktyabrdagi PQ-3334-sonli qarori mazmuniga singdirilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi makazining 2017 yil 22 dekabrdagi MX-01/05-222-son ma’lumotnomasi).  Mazkur metodika zargarlik san’ati sohasidagi o‘quvchilar ta’limi kasbiy modelini yaratish jarayonida mazkur yondashuvlar asosida  kasbiy mobillikni ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratadi va zargarlik sohasi bo‘lajak mutaxassisining malaka va ko‘nikmalarni tezkor o‘zlashtirishiga, ilm olishiga, kasbiy mahoratini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish