BOZOROV Erkin Hojievichning
doktorlik dissertatsiyahimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /fizika-matematikafanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.FM156
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «3.25 A GeV/s impul`sli kislorod yadrolarining protonlar bilan o‘zaro ta’sirlarida parchalanish jarayonlari va 3–300 GeV energiyali π−,r,α,C(S) - va r(16O,20Ne) -to‘qnashuvlarida protonlar hosil bo‘lish mexanizmlari», 01.04.08– Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldashev Bexzod Sadikovich, fiz.-mat.f.d., prof., O‘zbekiston Respublikasi FA akademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi Fizika-texnika instituti va Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.FM.11.01
Rasmiy opponentlar: fiz.-mat.f.d., prof. R.Ledniski, fiz.-mat.f.d., prof. N.Burtebaev, fiz.-mat.f.d. S.V.Artemov.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
Pedagogik ish tajribasi: 2012–2013 y., 2014 y. – h.v. Toshkent Aloqa kasb-hunar kolleji radioaloqa-radioeshittirish va televidenie kafedrasi o‘qituvchisi (o‘rindoshlik asosida).
II. Nashr ishlari. Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:
a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 2 ta milliy ilmiy jurnalda 12 ta ilmiy maqola, 3 ta xorijiy ilmiy jurnalda 6 ta ilmiy maqola nashr qilingan.
b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya materiallarida 13 ta material (3 ta maqola, 10 ta ma’ruza tezislari) e’lon qilingan (2003, 2012, Samarqand; 2004, 2006, 2013, Toshkent; 2014, Ukraina; 2014, Belarus`; 2014, Rossiya Federatsiyasi).
III. Tadqiqotning maqsadi 3.25 A GeV/s impul`sli kislorod yadrolarining protonlar bilan o‘zaro ta’sirlashishlaridagi parchalanish jarayonlari haqida etarlicha to‘liq eksperimental ma’lumotlar olish hamda 3-300 GeV energiya oraliqlaridagi π−,r,α,S(S)- va r(16O,20Ne)-to‘qnashuvlarida protonlar, shu jumladan, kumulyativ protonlar hosil bo‘lishining asosiy mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi:
zaryadi Z=1–8 bo‘lgan turg‘un va noturg‘un izotoplarning ko‘ndalang kesimlari 3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida o‘ta aniqligi va statistik xatoliklar chegarasida ko‘zgu yadrolarining ko‘ndalang kesimlari bir-biriga mos kelishi isbotlangan;
protonlar hosil bo‘lishining asosiy mexanizmlari (bug‘lanish mexanizmi, uyg‘otilgan qoldiq yadroning fermi-emirilish mexanizmi va kaskad jarayonida protonlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urib chiqarish mexanizmi) hissalari 40 GeV/s impul`sli π−S-, 300 GeV/s impul`sli r20Ne- va 3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida yarim empirik usuli bilan baholangan. Ushbu ulushlar parchalanuvchi engil yadroning energiyasi va massa soniga bog‘liq emasligi va ularning birlamchi zarrachalar (pion yoki proton) turiga bog‘liqligi topilgan;
π−S(40 GeV/s)-, r20Ne(300 GeV/s) - va 16Or(3.25 A GeV/s)-to‘qnashuvlarida tez protonlar (r>0.25 GeV/s) hosil bo‘lish mexanizmlari birlamchi energiyaga, birlamchi zarrachaning va parchalanuvchi engil yadroning turiga hamda yadroning uyg‘onish darajasiga bog‘liq emasligi isbotlangan;
3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida deytronlar hosil bo‘lishining asosiy mexanizmlari – kaskad nuklonlarining birlashuv mexanizmi, nisbatan tezkor engil parchalarning emirilishi va deytronlarni kislorod yadrosi tarkibidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kvazielastik urib chiqarilishi aniqlangan;
oraliq holatlardagi 8Ve, 9V 12S* yadrolarning 3.25 A GeV/s impul`sli 16Or-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lish ko‘ndalang kesimlari aniqlangan va ularning noturg‘un yadrolar 5Ne va 5Li bilan birgalikda α-zarralar hosil bo‘lishi ko‘ndalang kesimiga qo‘shgan hissalari topilgan; uyg‘otilgan 12S* yadrolari emirilishining 3α-zarra hosil bo‘lish kanaliga qo‘shgan hissasi ushbu kanalning (38±3)% ekani topilgan;
kumulyativ protonlar birlamchi zarralarning yadroning asosiy holatida nuklonlar zichligi fluktuatsiyasi tufayli sodir bo‘luvchi ko‘pnuklonli birlashmalar (fluktonlar) bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘lishi 16Or(3.25 A GeV/s)-, r12S(4.2 va 9.9 GeV/s)-, π−12S(40 GeV/s)-, r20Ne(300 GeV/s)-, α12S(4.2 A GeV/s)- va S12S(4.2 A GeV/s)-to‘qnashuvlarida topilgan.
V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari:
Noturg‘un 8Ve va 9V yadrolarining eksperimentda topilganko‘ndalang kesimlari va mazkur yadrolarning α-zarralari hosil bo‘lishiga qo‘shgan hissalarini aniqlash usuli engil yadrolarning fotoemul`siya yadrolari bilan periferik to‘qnashuvlarida ularning klaster tuzilishini tadqiq qiluvchi BECQUEREL (2009–2011) Xalqaro hamkorlik dasturi doirasida Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining (Dubna sh., Rossiya) nuklotronida o‘tkazilgan eksperimentni rejalashtirishda va modellashtirishda qo‘llanilgan (2009–2011, 02-1-1087-raqamlidastur) (Birlashgan yadro tadqiqotlari institutining 2015 yil 6 fevraldagi 100-25/19-raqamli va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2015 yil 9 martdagi 2/1255-289-raqamli xatlari).