Sayfudinov Raxmatula Xabibulaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «“Sahihul Buxoriy”da ijtimoiy-axloqiy hadislarning yoritilishi», 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Isl117.
Ilmiy rahbar: Ziyodov Shovosil Yunusovich, tarix fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Ashirbek Qurbonovich, tarix fanlar doktori, professor; Tajiev Aziz Shavkatovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Sahihul Buxoriy”da kelgan hadislarning ijtimoiy-axloqiy masalalarni yoritishdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري) asaridagi ijtimoiy masalalarga oid hadislarning hayotda tatbiq etilishi oila va jamiyatda o‘zaro hurmatni yuksaltirishi, yangilanayotgan ijtimoiy tafakkurning ajralmas mezoni ekanligi dalillangan;
“Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري) asarida kelgan axloqqa oid hadislarning jamiyatda turli yot g‘oyalarning buzg‘unchi targ‘ibotlariga munosib raddiya bo‘lishi dunyoviy va islomiy g‘oyalarning uzviy bog‘liqligi asnosida aniqlangan;
“Sahihul Buxoriy”dagi ijtimoiy, axloqiy xarakterdagi hadislaridan ijtimoiy-axloqiy qonun va qonun osti hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanish, oila va jamiyatda murosa va hamjihatlik yanada mustahkamlanishi isbotlangan;
“Sahihul Buxoriy” asari nafaqat ibodatga oid hadislarni, balki muomalatga oid ijtimoiy-axloqiy munosabatlar haqidagi hadislarni ham qamrab olgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Sahihul Buxoriy”da ijtimoiy-axloqiy hadislarning yoritilishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Imom Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري) asaridagi ijtimoiy masalalarga oid hadislarning hayotda tatbiq etilishi oila va jamiyatda o‘zaro hurmatni yuksaltirishi, yangilanayotgan ijtimoiy tafakkurning ajralmas mezoni ekanligi dalillangani xususidagi ilmiy xulosalardan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning buyurtmasi asosida tayyorlangan “Sulosiyotul Buxoriy” kitobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-02/7484-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar o‘quvchi va talabalarda hadis ilmining rivojlanishiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
“Sahihul Buxoriy” (صحيح البخاري) asarida kelgan axloqqa oid hadislarning jamiyatda turli yot g‘oyalarning buzg‘unchi targ‘ibotlariga munosib raddiya bo‘lishi, dunyoviy va islomiy g‘oyalarning uzviy bog‘liqligi asnosida aniqlangani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalari “Imom Buxoriy muhaddislar sultoni” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 26-sentyabrdagi №05-13/145-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar buyuk ajdodlar ilmiy-ma’naviy merosining asl mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan;
“Sahihul Buxoriy”dagi ijtimoiy, axloqiy xarakterdagi hadislardan ijtimoiy-axloqiy qonun va qonun osti hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanish, oila va jamiyatda murosa va hamjihatlikni yanada mustahkamlashi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan buyurtma asosida tayyorlangan “Islom tarixi” (Umaviy xalifalar davri) o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 30-oktyabrdagi №01-07/206-son ma’lumotnomasi). Natijada, hadis amaliyotiga doir masalalar mohiyati kengroq ochib berilib, ularni noto‘g‘ri talqin etuvchi toifalarga raddiya berishda asosli manba bo‘lib xizmat qilgan;
“Sahihul Buxoriy” asari nafaqat ibodatga oid hadislarni, balki muomalaga oid musulmonlarning o‘zaro ijtimoiy-axloqiy munosabatlari haqidagi hadislarni ham qamrab olgani xususidagi ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Xalq mulki” va “Mavzu” turkum ko‘rsatuvlarining ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 26-iyuldagi №02/334-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholining hadis borasidagi bilimlarining yanada boyishiga, muhaddis allomalar hayoti va faoliyatiga doir keng bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan.