Buriev Eldor Abdijalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Multimediali kontent yordamida masofaviy kurslar natijadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish (OTM pedagoglari malakasini oshirish kurslari misolida)”, 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2364.
Ilmiy rahbar: Shoymardonov To‘ymurod Turdialievich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh ilmiy-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.30/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurod Normurodovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi multimediali kontent yordamida masofaviy kurslar natijadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali pedagog kadrlarning video kontent yaratish kompetensiyalarini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining video kontent yaratish bo‘yicha vizual, dizayn fikrlash, kreativlik, interaktivlik kompetensiyalari tizimi jarayonini amalga oshirishga qo‘yiladigan texnik, ergonomik, psixologik, didaktik talablarning shaxsiy anglanganlik darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini masofaviy oshirish kurslarini tashkil etish jarayoni UX (foydalanuvchi tajribasi) va UI (foydalanuvchi interfeysi) dasturlash texnologiyalarini moslashuvchan loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
masofaviy kurslar natijadorligini oshirish mexanizmi pedagog kadrlarni ta’limiy video kontentlar yaratishga maqsadli o‘rgatishning kvestologik (Web quest, QR quest) texnologiyasini faol o‘qish va o‘rganish kompetensiyasi bilan qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining multimediali video kontent yaratish kompetentligini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, konativ, refleksiv) va darajalari (kreativ, produktiv, reproduktiv) maqbul diagnostik vositalarning validligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijarining joriy qilinishi. Multimediali kontent yordamida masofaviy kurslar natijadorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining video kontent yaratish vizual dizayn fikrlash, kreativlik, interaktivlik kompetensiyalari tizimi video kontent yaratishga qo‘yiladigan texnik, ergonomik, psixologik, didaktik talablarning shaxsiy anglanganlik darajasini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga qaratilgan takliklar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzlyuksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 50-band 3-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-33-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassalari pedagoglarining kasbiy kompitentligi rivojlangan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini masofaviy oshirish kurslarini tashkil etish jarayoni foydalanuvchi interfeysini UX va UI texnologiyalarini moslashuvchan loyihalash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga qaratilgan takliflar 2020-2021-yillarda Bosh ilmiy-metodik markaz va Belarusiya Oliy maktab Respublika Instituti (RIVSh, Belarus Respublikasi) bilan hamkorlikda bajarilgan MRB-OT-2019-23 raqamli «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlarni tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minoti» mavzusida innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 20-yanvardagi 89-02-33-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini malaka oshirish natijadorligi oshgan;
oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining multimediali video kontent yaratish kompetentligini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv, konativ, refleksiv, ) va darajalari (kreativ, produktiv, reproduktiv) maqbul diagnostik vositalarning validligini ta’minlash asosida takomillashga qaratilgan takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzlyuksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 5-bandi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 89-02-33-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassalari pedagoglarning multimedia kontent yaratish kompitentligi rivojlangan.